Boliviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 4:
 
== Davlat tuzumi ==
Boliviya — unitar respublika. 1967-yil 2 -fevralda qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra davlat boshligi — prezident. U 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — Milliy kongress boʻlib, u ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Deputatlar va senatorlar umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatda saylanadi. Ijroiya hokimiyatini prezident va hukumat amalga oshiradi. Hukumatni prezident tayinlaydi va unga boshchilik qiladi.
 
== Tabiati ==
Qator 15:
 
==Tarixi==
Boliviya hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-asr boshlarida Boliviya hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 yillarga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir necha oʻn ming kishi qirib tashlandi. Boliviya 300 yil mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida boʻlib (1542-yildan Boliviya hududi Peru, 1776-yildan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 yillar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari boʻlib turdi. 1824-yil 9 -dekabrda Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qoʻshinlarini tormor keltirdi. 1825-yil 8 -avgustda Yuqori Peru mustaqil deb eʼlon qilindi va Bolivar sharafiga Boliviya deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836—39 yillarda Boliviya Peru bilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879—83 yillarda Boliviya bilan Peruning Chiliga karshi, 1932—35 yillarda Paragvayga qarshi urushida Boliviya oʻzining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yoʻqotdi. Birinchi jahon urushida Boliviya betaraflik siyosatini tutgan boʻlsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943-yil aprelda B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yoʻq. 1952-yilda B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qoʻzgʻolonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar oʻtkazila boshladi. 1964-yil 4 -noyabrda Boliviya reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura oʻrnatdi. Agrar islohotlar toʻxtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967-yilda mamlakatning koʻpgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi — Boliviya ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi da islohotlar oʻtkazish uchun kurashdi. 1970-yil 4 -oktabrda vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974-yilda hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni taʼqib qilish yoʻlini tutdi. 80- yillarda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror boʻlib turdi. 1985-yilgi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga oʻtdi. 1997-yil 2 -avgustda B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 -avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989-yilda tashkil etilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy partiya, 1964-yilda tuzilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy harakat, 1979-yilda rasmiylashgan; Boliviya Kommunistik partiyasi, 1950-yilda tuzilgan; Soʻl inqilobiy harakat, 1971-yilda asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979-yilda tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942-yilda asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971-yilda asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978-yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954-yil asos solingan. Boliviya ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952-yilda tuzilgan.