Bomba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
[[FileFayl:Tsar Bomba_Revised.jpg|thumb|[[Chor bomba]] ([[SSRI]]) — eng quvvatli atom bombasi.]]
'''Bomba''' ({{lang-la|bombus}} — shovqin) — 1) [[artilleriya]] snaryadining eski nomi. Silliq stvolli artilleriyada ichi boʻsh sferik choʻyan korpusdan, qora [[porox]] zaryadidan va porox tarkibi zichlab tiqilgan yogʻoch naychadan iborat snaryadlar bomba yoki [[granata]]lar deb atalgan. Bombaning zaryadi naychadagi modda yongandan keyin portlaydi. 19-asrdan boshlab rus armiyasida bir [[pud]] (16 [[kilogramm|kg]]) dan ortiq snaryadlar bomba deb atalgan, 122 [[millimetr|mm]] li tuplarning snaryadi ham 20-asr 30-yillarigacha bomba deyilgan; 2) [[Birinchi jahon urushi]]da ishlatilgan bomba irgʻitkichning portlab parchalanadigan snaryadi; 3) poroxning stvol ichidagi gaz kuchi va haroratini ulchash uchun ishlatiladigan asbob; 4) [[aviatsiya bombasi]] (qanotli snaryadlar deb atash rasm boʻlgan); 5) [[suv osti kemasi|suv osti kemalarini]] portlatish uchun moʻljallangan snaryad; 6) [[atom bombasi]].