Brest: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyotlar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
{{Maʼnolari|Brest (maʼnolari)}}
'''Brest''' (1921 -yilgacha Brest-Litovsk, 1939 -yilgacha Brest-Lug) — Belorussiyadagi shahar. Brest viloyatining maʼmuriy markazi. Muxaves daryosi Gʻarbiy Bug daryosiga quyilish yerida. Dare porti va temir yoʻl tuguni. Aholisi 278 ming kishi (1999).
 
Dastlab 1017 -yilgi solnomalarda Berestye nomi bilan tilga olingan. 11 a.da Turov knyazligi qoʻl ostida boʻlgan. 1044 -yilda Kiyev knyazligi bosib olgan va 12-asr oʻrtalaridan Volinsk knyazligiga tobe boʻlgan. 1319 -yilda Litva knyazligi bosib olgan. Lyublin uniyasi boʻyicha B. 1569 -yil Rech Pospolita tarkibiga kirgan. 1596 -yil B.da Brest uniyasi eʼlon kilindi. 1795 -yilda B.ni Rossiya bosib oldi. 19-asrning 30- yillaridan boshlab B. qalʼa bilan mustahkamlandi. 20-asr boshlarida B. Rossiya imperiyasining gʻarbiy chegarasidagi eng mustahkam qalʼaga aylandi. 1918 -yil B.da Rossiya bilan Germaniya oʻrtasida Brest sulhi tuzildi. 1919 -yil dan B. Polsha, 1939 -yildan Belorussiya tarkibida. Urush yillarida (1941—45) B.da shiddatli janglar boʻlgan. B. 1944 -yildan keyin qayta tiklandi va zamonaviy binolar qurilishi hisobiga kengaydi.
 
B.— yirik sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va Brest qalʼasi mudofaasi muzeyi bor.