Bugʻdoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 16:
| binomial_authority =
}}
[[FileFayl:Wheat_P1210892.jpg|thumb|''Triticum aestivum'']]
 
'''BUGʻDOY''' (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hozirgi dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq B. yoki oddiy B. (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bugʻdoy (T. durum) ekiladi. Qolgan turlari kam ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Koʻpgina B. turlari (ararat, maxa, Timofeev bugʻdoyi, urartu, fors bugʻdoyi va boshqalar)ning vatani Zakavkazyedir.
Qator 28:
Biologik xususiyatlari. B.— bir yillik oʻsimlik, har xil tur va shakllarni duragaylash yoʻli bilan koʻp yillik B. navlari yaratilgan (qarang Bugʻdoybugʻdoyiq duragaylari). Kuzgi, bahori, yarim kuzgi va kuz hamda bahorda ekilganida ham hosil beradigan (duoba) turlari ham bor. Kuzgi B. bahorgisidan biologik jyhatdan farq qiladi, sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli, tuproq harorati 4—5° boʻlganda unib chiqadi. Ayniqsa boshoqlash davrida namga talabchan. Vegetatsiya davrida kuzgi B. uchun 2100°, bahori B. uchun kamida 1300° samarali harorat talab etiladi. Qurgʻoqchilik hosiddorlikni pasaytiradi. Kuzgi bugʻdoyning vegetatsiya davri kuzda 45—50, bahor—yozda 75—100 kun, bahori bugʻdoyniki 90— 100 kun. Kuzgi bugʻdoy qor qoplami qalin boʻlganda —35° gacha sovuqqa chidaydi. Bahori bugʻdoy maysalari —8— 10° daraja sovuqqa bardosh beradi. Kuzgi B. hosiddorligi suvli yerlarda 20— 25 (ayrim hollarda 70—80) s/ga, lalmi yerlarda bahori B. hosildorligi 12—18 s/ga boradi.
 
Agrotexnikasi. Sugʻoriladigan mintaqalarda kuzgi B.ni makkajoʻxori, gʻoʻza, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan boʻshagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va shoʻrlangan tuproqda yaxshi oʻsmaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12— 15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7—8 sm) ekiladi. Ekish meʼyori — lalmi yerlarda gektariga 70–110 kg , sugʻoriladigan mintaqalarda gektariga 170–200 kg , ekish chuqurligi 4—6 sm; kuzgi B. chuqurroq ekiladi, ekish meʼyori 10—15% ortiq olinadi, uruglik ekish oldidan saralanib, dorilanadi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan sharoitida B. ekiladigan yerga ekish oldindan 10—15 t goʻng , 40–80 kg fosfor, 40–100 kg azot, kaliy solinadi, oʻsuv davrida ham ekinzor oʻgʻitlanadi, suvli yerlarda oʻsuv davrida 2—3 -marta sugʻoriladi, Oʻzbekistonda pishib yetilgan bugʻdoyzorlar yoppasiga bir yoʻla gʻalla kombaynlari bilan oʻribyigʻib olinadi.
 
Navlari. Oʻzbekistonda 1937—96 yillarda B. boʻyicha 6 -marta (1937—61; 194464; 196065; 196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. B. boʻyicha urugʻlik va yangi B. navlarini yaratishda Milyutin (Gʻallaorol) davlat seleksiya st-yasi |1937; hozirgi Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar i. t. instituti (Andijon shahri)ning Gʻallaorol filiali] muhim ishlarni amalga oshirdi. Sugʻoriladigan maydonlarda B.ning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bugʻdoy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Kizil bugʻdoy (qad. jaydari nav). Kizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va boshqa navlari ekiladi. 1995-yildan Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sugʻoriladigan maydonlarda gektaridan 50—70 s hosil berish imkoniyatiga ega. B. zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, koʻkkoʻz, shved pashshasi, hasva va boshqa Kasalliklari: qorakuya, qora zang , unshudring va boshqa
 
== Adabiyotlar ==