Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Buryatiya''', Buryatiya Respublikasi — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning janubida, Baykal kulidan janubiy va sharila joylashgan. Maydoni 351,3 ming km². Aholisi 1056,6 mingdan ko‘proqkoʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Buryatiyada 21 tuman (aymoq), 6 shahar va 29 shaharcha bor. Poytaxti – [[Ulan-ude|Ulan Ude]] shahri.
 
== Davlat tuzumi ==
Buryatiya – [[respublika]]. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 -yil 22 -fevralda qabul qilingan. Davlat boshligi – prezident. Qonun chiqaruvchi oliy (vakolatli) organi – bir palatali parlament – Xalq Xurali. Oliy ijroiya hokimiyatni respublika hukumati amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 11:
 
== Tarixi ==
Buryatiya hududidan yuqori paleolit davriga mansub arxeologik yodgorliklar topilgan. Oʻsha davrda odamlar ibtidoiy jamoa tartibida yashab, ovchilik bilan shugʻullangan. Neolit davriga kelib oʻqyoy paydo boʻlgan, kulolchilik rivojlangan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 11-asrgacha boʻlgan davrda Buryatiyada koʻchmanchi jamoalar hamda ilk feodal davlatlarning qabila uyushmalari (xunnlar, jujanlar, uygʻur, qirgʻiz va kidanlar) birinketin hukm surib turgan. Asosiy buryat qabilalari – bulagʻat, exirit vaxorinslar 13-asrdan avvalroqshu yerlarda yashagan. Buryatlar xoʻjaligini asosan chorvachilik tashkil etgan. Baʼzi aymoqlarda dehqonchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. 17-asrda Buryatiyada birinchi bor rus kazak otryadlari paydo boʻldi. Bu yerlarda harbiy istehkomlar qurila boshlanib, shu munosabat bilan Rossiyadan davlat xizmatidagi kishilar, sanoat ishchilari, rus dehqonlari (mujiklar) koʻchib kela boshladilar. 17-asr oʻrtalarida Gʻarbiy Buryatiya, keyinroq uning qolgan kismi Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. 20-asr boshlarida chorizmga qarshi harakat avj oldi. 1918 -yil fevralda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yilning avgustda Yaponiya va 1919 -yil aprelda Amerika qoʻshinlari bosib oldi. 1920 -yil martida xalq lashkarlari shoʻro armiyasi yordamida Buryatiyani ozod kildi. Natijada 1921 -yil 27 -aprelda BuryatMongol, 1922 -yil 9 -yanvarda MongolBuryat muxtor viloyatlari paydo boʻldi. 1923 -yil 30 -mayda ular birlashtirildi va RSFSR tarkibida Buryat Mongol ASSR tashkil topdi. 1958 -yildan Buryatiya ASSR, 1991 -yildan Buryatiya Respublikasi deb nomlandi. 1990 -yil oktabrda Buryatiyaning davlat suvereniteta haqidagi deklaratsiya kabul qilindi.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 34:
 
=== Teatri ===
Xalq qoʻshiqlari, raqs va oʻyinlari milliy teatr negizini tashkil etadi. Xalqoʻyinlari anʼanasi dastlabki spektakllarda qoʻllanilgan aktyorlik malakasining yuzaga kelishiga sabab boʻldi. 1908–17 yillarda ilk havaskorlik teatrlari tashkil togshi. Dastlabki yozma pyesalar "Oʻlim" (D. Abasheev), "Ayb ichimlikda" (M. Barlukov), "Ikkidunyo" (M. Saltikov) 1908– 14 yillarda vujudga keldi. 20-yillarning boshida havaskorlik toʻgaraklari avj oldi. 1927 -yil UlanUdeda drama teatri ochildi. Uning aktyor va rejissyorlari Buryatiya milliy teatrining tashkil topishiga yordamlashdi. 1928 -yilda Buryatiya teatr studiyasi ochildi. Shu studiya asosida 1930 -yilda Sanʼat texnikumi tashkil topdi va u 1936 -yilda musiqateatr bilim yurtiga aylantiriddi. B. Baldano, M. Shambuyeva, G. Sidinjapov kabi atoqpi dramaturg, aktyor va rejissyorlar yetishib chiqdi. Buryatiyaning mashhur sahna ustalari: M. Stepanova, V. Xalmatov, B. Vampilov, N. Gendunov, F. Saxirov va boshqa B.da 4 ta teatr, Buryatiya davlat filarmoniyasi, "Baykal" ashula va raqs ansambli mavjud.
 
== Adabiyotlar ==