Buyuk fransuz inqilobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Buyuk fransuz inqilobi''' — Fransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy tara qqiyotga yoʻl ochgan inqilob (1789— 99). Qirol Lyudovik XVI1789-yil 5 -mayda Bosh shtatlar (parlament) majlisini chaqirdi. 3toifa deputatlari 17 -iyunda oʻzlarini Milliy majlis, 9 -iyulda esa Taʼsis majlisi deb eʼlon etdilar. Majlisni tarqatib yuborish maqsadida qilingan urinishlar xalq qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. 14 -iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu Buyuk fransuz inqilobi i.ning boshlanishi edi. Avg . oyida Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Parij Kommunasi boshchiligidagi 1792-yil 10 avg . qoʻzgʻoloni natijasida monarxiya tuzumi agʻdarildi. Siyosiy rahbarlik yirik savdo-sanoat mulkdorlar vakillari — jirondistlar qoʻliga oʻtdi. Inqilobni chuqurlashtirish tarafdori boʻlgan yakobinchilar jirondistlarga qarshi chiqdi. 1793-yil yanvarda Konvent (oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ) hukmi bilan qirol Lyudovik XVI davlatga xoinlik qilishda ayblanib, qatl etildi. 1793-yil 31 -may — 2 -iyun qoʻzgʻoloni oqibatida yakobinchilar diktaturasi oʻrnatildi. Yakobinchilar hukumati xalqni safarbar etib, uning Fransiyaga bostirib kirgan Yevropa monarxiyachi davlatlar (Prussiya, Avstriya va boshqalar) qoʻshini ustidan gʻalabasini taʼminladi. Biroq yakobinchilar avj oldirgan ommaviy terror ularning ijtimoiy bazasini toraytirib yubordi va magʻlubiyatga olib keldi. 1794-yil termidor (Fransiya Respublikasi taʼsis etgan kalendar boʻyicha 11oy) toʻntarishi yakobinchilar diktaturasiga chek qoʻydi. Hokimiyat yirik mulkdorlar qoʻlida jamlandi. Direktoriya (1795-yil 4 noyab.dan 1799-yil 10 noyab.gacha Fransiya hukumati) oʻz tuzumini oʻrnatdi. 1799-yil 18 bryumer kuni uyushtirilgan davlat toʻntarishi fransuz inqilobiga barham berdi.
 
== Adabiyotlar ==