Chexoslovakiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Chexoslovakiya''' (''Československo''), '''Chexo-Slovakiya''' (''Česko-Slovensko'') - Markaziy Yevropadagi davlat (1993 -yilgacha mavjud boʻlgan). 1918 -yil [[Avstriya-Vengriya imperiyasi|Avstriya-Vengriya imperiyasining]] parchalanishi natijasida chex va slovak xalkdari yerlarida tashkil boʻlgan. 1938 -yil oktabr — 1939 -yil martda Germaniya tomonidan bosib olingan. 1945 -yil mayda Chexoslovakiya hududi ozod etilgach, yagona, mustaqil davlat sifatida qayta tiklandi; 1948 -yil xalq demokratik respublikasi deb eʼlon kilindi. Hokimiyat tepasida Chexoslovakiya KP turgan (1989 -yilgacha). 1960—1990 -yil martda Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi (CHSSR) deb ataldi. 1968 -yilda avj olgan jamiyatni demokratik yangilash jarayoni 1968 -yil avgustda Varshava shartnomasi tashkiloti aʼzolari boʻlgan 5 davlat (SSSR, Bolgariya, Vengriya, German Demokratik Respublikasi, Polsha) qoʻshinlari tomonidan barbod etildi. 1990 -yildan Chexoslovakiya federativ davlat sifatida Chex va Slovak Federativ Respublikasi (CHSFR) nomida boʻldi. 1992 -yil noyabrda CHSFR parlamenti 1993 -yil 1 -yanvardan chexoslovak federatsiyasi tugatilganligi va u Chexiya hamda Slovakiya respublikalariga ajratilganligi toʻgʻrisida federal qonun qabul qildi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->