Chorvachilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyot: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
CH. koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Ch. ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
 
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000 -yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.
 
Oʻzbekiston hududida 1916 -yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.
 
20-asrning 20- yillaridan boshlab Ch.ning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boʻyi qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi, yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.
 
1932 -yil Ch. tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya i.t. intlarining tashkil etilishi Ch.da ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazish, Ch. fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Ch. yoʻnalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 -yil 15 -martda "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994 -yil 23 -fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida", 1995 -yil 24 -martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 -yil 25 dek. da qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni Ch.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
1990—2003 -yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Ch. mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi (Uzbekistonda mollar soni, Ch. mahsulotlarini yetishtirish koʻrsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan).
 
CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Ch.da veterinariya xizmati koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Ch. maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.