Eltarish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Eltarish''', Qutlugʻ (? [[691]]) - [[Turk xoqonligi]] hukmdori ([[680]]—691). [[Bumin]] [[xoqon]]ning [[avlod]]i.
 
Dastlab tudun [[unvon]]i bilan [[Xitoy]]ning [[shimol|shim.]]dagi [[turkiy xalqlar|turkiy]] [[qabila]]larga rahbarlik qilgan. Asl [[ism]]i Qutlugʻ boʻlib, keyinchalik E. — [[davlat]]ni, [[xalq]]ni birlashtiruvchi degan [[nom]] olgan. U bir muddat Xitoyning [[Tan]] [[sulola]]siga ([[618]]—[[907]]) qaram boʻlib qolgan Turk xoqonligining 681 yilda qaytadan [[mustaqillik|mustaqil]] davlat boʻlishiga asosiy hissa qoʻshgan. [[Oʻrxun-Enasoy obidalari|Oʻrxun bitiktoshlari]] va Xitoy [[yilnoma]]larida [[Tabgʻach]] (Xitoy)ga qarshi E. boshchiligida istiqlol uchun olib borilgan harakatlar batafsil [[bayon]] qilingan. Jumladan, [[bitik]]<nowiki />toshlarda E. xoqon [[ayol]]i Elbilga xotun bilan birgalikda davlatni qaytadan barpo etgani taʼkidlanadi. Xitoy yilnomalarida Gudulu (Qutlugʻ) shaklida qayd qilingan E. xoqon Tan imperiyasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan turkiy qabilalarga boshchilik qiladi va dastlab Xitoyning shim.dagi Chuqayquzi va Qoraqum ([[Xuanxe]] [[daryo]]sining shim.) [[mavze]]larida [[qarorgoh]] qurib, faoliyat yurita boshlaydi. U turkiy ashide qabilasining boshligʻi [[Toʻnyuquq]] (Yuanchjen) bilan birlashib kuchayadi va [[682]]— [[687]] yillar orasida Shim. Xitoyning Pinchjou (682), Dinchjou ([[683]]), [[Guychjou]] (683), [[Lanchjou]] (683), Finchjou (683), Yuychjou (683), Shochjou ([[684]]), Shochjou ([[686]]), Daychjou (686), Chanpxin (687) Shochjou (687) [[viloyat]]lariga jami 11 -marta yurish qiladi va yirik gʻalabalarga erishadi. E. 687 yilda yirik turkiy qabila[[oʻgʻuzlar]]ni yengib, Oʻtukan ([[Moʻgʻuliston]]ning shim.gʻarbiy qismidagi [[Xangay]] [[togʻlar]]ida joylashgan [[oʻrmon]]li [[vodiy]])ni xoqonlik markaziga aylantiradi. Uning davrida Turk xoqonligi oʻzining ilgarigi qudratiga erishib, [[Oltoy]], [[Janub]]iy [[Sibir]] va Moʻgʻulistonda istiqomat qiluvchi turkiy qabilalar bitta davlatga birlashtiriladi. Bu davrda Turk xoqonligining hududi shim.da [[Sayan togʻlari]]dagi vodiylarni, [[sharq]]da [[Kerulen]] va Oʻnon daryolari [[daryo havzasi|havzalarini]], jan.da Xitoyning shim. viloyatlarini oʻz ichiga olgan yirik davlatga aylanadi.
 
== Adabiyotlar ==