Etnografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 39:
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri boʻldi. 1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirishdi.
 
1943-yil 4 -noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akad. M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
 
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar E.sining maxsus oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi.
Qator 51:
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998-yil 27 -iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. 1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
 
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning oʻtmishi va bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.