Fotografiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
||
Qator 2:
'''Fotografiya''' (foto... va ...grafin) — maxsus optik asbob fotoapparat yordamida yoruglik sezgir fotografik materiallar (maxsus modda qoplangan qogʻoz, shisha, plyonka)da obʼyektning oqqora yoki rangli tasvirini hosil qilish usuli; shunday usulda olingan surat. Fan, texnika va sanoatning muhim sohasi. Yorugʻlikning fotoapparatga joylangan fotomaterial (mas, fotoplyonka)ning yorugʻlik sezgir qatlamida yashirin fotografik tasvir hosil qilish xossasiga asoslangan. Kimyoviy fotografik ishlov berilgani (kimyoviy modda — ochiltirgich taʼsir ettirib ochiltirilgani)dan soʻng koʻrinadigan tasvir (oddin negativ, keyin pozitiv) hosil boʻladi. Bu tasvir fotonusxa (fotosurat) deb ataladi. Ochiltirgich tarkibiga metol, gidroxinon, paraminofenol, amidol, glitsin, dietilparafenildiamin (rangli tasvirlar uchun) va boshqa kimyoviy moddalar kiradi. Ochiltirilgan tasvirga mustahkamlagich modda (fiksaj) taʼsir ettirib, fotosurat mustahkamlanadi. Mustahkamlagich sifatida natriy tiasulfat (giposulfit) asosidagi eritmalar (odatda, suvdagi 25% li eritmasi) qoʻllanadi. Baʼzi fotografik jarayonlarda "kaytar" fotomateriallardan foydalaniladi. Maxsus kimyoviy ishlov berilganidan soʻng ularda bevosita pozitiv hosil boʻladi.
Bir pogonali diffuzion fotografik jarayon, yaʼni fotoapparatning oʻzida bir vaqtda negativ va pozitiv tasvirni juda tez hosil qilish usuli ham yaratilgan. F. oqqora (monoxrom) va rangli, statik va dinamik (kinematografiya), yassi (oddiy) va hajmiy (stereoskopik) turlarga boʻlinadi. Yoruglik sezgir materiallardan foydalanib hajmiy (fazoviy) tasvirlar olishning alohida usuli golografiya deb ataladi. U 15-asrda obʼyektlar tasvirini proyeksiyalab, soʻngra qogʻozga rasmini chizishdan boshlangan. Bu usulni Leonardo da Vinchi qoʻllagan. Lekin F. yorugʻlik sezgir moddalar maʼlum boʻla boshlagach paydo boʻlgan. 18-asrda dastlabki yorugʻlik sezgir modda sifatida kumush tuzi topilgan va tadqiq qilingan. Buyuk Britaniyada 1802
Optik sensibilyatsiya hodisasi kashf qilinganidan, plyonkali fotomateriallar, kumush birikmalari boʻlmagan fotomateriallar, yangi modeldagi fotoapparatlar yaratilganidan soʻng F.ni qoʻllanish sohalari ancha kengaydi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan fotoapparatlar mavjud. F. astronomiya sohasidagi tadqiqotlarda (qarang [[Astrofotografiya]]); astrofizikada (qarang [[Astrofotometriya]]), biologiya, kimyo, kinematografiya, televideniye, kosmonavtika, tibbiyot, fizika, matbaa, matnli va grafikli asl nusxalardan fotografik usulda nusxalar koʻpaytirishda, kundalik turmushda keng qoʻllanadi.
|