k
Bot v1: Tuzatmalar
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)) |
MalikxanBot (munozara | hissa) k (Bot v1: Tuzatmalar) |
||
[[
'''Futurizm''' ({{lang-lat|futurum}} — „kelajak“) 1910—1920-larda [[Italiya]] va [[Rossiya]]da ommabop boʻlgan badiiy [[avangardizm|avangardist]] yoʻnalishlarga berilgan umumiy nomdir. Futurist sanʼatkorlar oʻz asarlarida rasmiy-publitsistik jargon ishlatishgan, [[plakat]] va [[afisha]]lar chizishgan.
'''Futurizm''' (lot. futurum — kelajak) — 20-asr boshlarida Yevropa adabiyoti va sanʼatida maydonga kelgan avangardizm oqimi. F. gʻoyalari, ayniqsa, Italiya va Rossiyada adabiyot, teatr, musiqa va kino sanʼatlaridan tashqari, adabiyot shunoslik va sanʼatshunoslik fanlarida oʻz ifodasini topdi. Shuningdek, F. Yevropadagi qator adabiyot va sanʼat namoyandalarini ham taʼsir doirasiga tortdi.
1909
Rus F.i mustaqil badiiy harakat sifatida maydonga keddi. Rus F.ining tarixi "Gileya" yoki kubofuturistlar (V. V. Xlebnikov, D. D. va N. D. Burlyuklar, V. V. Kamenskiy, V. V. Mayakovskiy va boshqalar), "Egofuturistlar uyushmasi" (I. Severyanin, I. V. Ignatyev, K. K. Olimpov va boshqalar), "Sheʼriyat shiyponi" (V. Shershenovich, R. Ivnev va boshqalar) hamda "Sentrifuga" (B. L. Pasternak, N. N. Aseyev va boshqalar) guruhlarining oʻzaro munosabatlari va kurashi tarixidan iborat. "Gileya" boshqa guruxlardan avval tuzilgan va dastur xarakteridagi bir necha toʻplamlarni nashr etgan uyushma sifatida oʻzida rus F.ining qiyofasini koʻproq aks ettirgan. Eskilikning muqarrar yemirilajagini, "jahon toʻntarishi" va "yangi insoniyat"ning tugʻilishini sanʼat orqali sezish va oldindan aytib berishga urinish mazkur harakatning umumiy asosini tashkil etgan. Badiiy ijod, rus futuristlarining fikricha, taklid emas, balki tabiatning davomi; tabiat esa insonning ijodiy kuchi yordamida yangi dunyoni barpo etadi. Adabiy janr va uslublarning shartli tizimini buzish, til tabiatning tarkibiy qismi boʻlgan davrga, folklormifologik manbalarga qaytishning boisi shundadir. Futuristlar jonli rus tili zaminida tonik sheʼr va fonetik qofiyani ishlab chikdilar, yangi soʻzni "ijod etish"ga mahliyo boʻlib, hatto yangi sheva yaratishgacha bordilar.
1917
== Adabiyot ==
|