Fuzayl Maxdum: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Fuzayl maxdum''' - Abdugʻafurbek oʻgʻli, Hoji Abdulkarim (19-asrning soʻnggi choragi, Karmana — 20-asrning 30-yillari) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri. Yirik ulamo sifatida Buxoro amirligida shuhrat qozongan. 20-asr boshlaridan Qrrateginda beklik qilgan.
 
Buxoro bosqinidan soʻng Sharqiy Buxoroga qizil armiya qismlari bostirib kelganida F.M. Qorategin qoʻrboshisi sifatida Ibrohimbeknint asosiy oʻrinbosari hisoblangan. 1921 -yilda uning koʻl ostida 3 ming yigitdan iborat 26 ta qoʻrboshilar dastalari harakat qilgan. U Qorategin va Sherobod muzofotlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. F.M. 1921 -yil martda Darvoz (markazi — Qalʼayi Xumb)ni ozod etib, bu yerda bolsheviklar hukmronligiga barham bergan.
 
F.M. Garm shahrida miltiqsozlik, oʻqdori yasash, harbiy kiyimlar tikish ustaxonalari ochgan. U oʻzi boshqargan viloyat hududida mustaqil siyosat yuritgan. Sadriddin Ayniynint yozishicha, "F.M. oʻz davlatini mustahkamlash uchun qogʻoz aqcha ham bosib chikargan".
 
Qorategin va Darvoz qizil askarlar tomonidan bosib olingach, 1923 -yil avg . oyida F.M. kichik miqdordagi askarlari bilan Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Keyinchalik u bir necha marta Sharqiy Buxoro hududiga qaytib, qizil askarlarga keskin zarbalar bergan.
 
Keyinchalik Hoji Abdulkarim nomi bilan Sharqiy Turkiston (Qashqar)dagi milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan. 20-asrning 30-yillari oʻrtalarida u Qashqardagi sovet elchixonasiga topshirilgach, sovet rejimi tomonidan qatl qilingan.