Hofiz Tanish Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: fix
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
H.T.B. oʻzining shoh kitobi — "Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy") asari bilan tanilgan. Asar shayboniylardan Abdullaxon II ga bagʻishlangan boʻlib, 1584—88 yillarda Buxoroda fors tilida yozilgan. Muallifning rejasiga koʻra, asar muqaddima, 2 qism (maqola) va xotimadan iborat boʻlishi moʻljallangan. Biroq asarni yozish jarayonida reja oʻzgargan. 1-va 2-maqolalar qoʻshib yozilgan, xotima esa muallifning vafoti tufayli yozilmay qolgan. Mutribiyning guvohlik berishicha, "Abdullanoma" asarining oxirgi qismini Abdullaxon II ning topshirigʻi bilan qozi Poyanda Zominiy (1602-yilv.e.) yozgan.
 
"Abdullanoma" asari sharqshunos olim Sodiq Mirzayev tomonidan oʻzbek tiliga toʻliq tarjima qilingan. Bu asar B.Ahmedov soʻz boshisi va izohlari bilan birgalikda 2 -marta nashr etilgan. Asarning rus tilidagi tarjimasi M. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilib, uning faqat I—II qismlari faksimilesi bilan chiqarilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanadi (inv. №2207, 3781). Sankt-Peterburgda asarning uchta qoʻlyozmasi mavjud.
 
== Manbalar ==