Homiladorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 9:
Homiladorlik paytida hosil boʻladigan sariq tana va platsenta homilaning oy-kuni yetib tugʻilishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqaradi; platsentadan ishlanib chiqadigan va boshqa gormonlar taʼsirida sut bezlari kattalashib, Homiladorlik oxiriga borganda, undan ogʻiz suti, chilla davrida esa sut kela boshlaydi. Bachadonda ham talaygina oʻzgarishlar roʻy beradi: u ham boʻyiga, ham eniga qarab oʻsib, platsentaga qon olib keladigan yirik va mayda qon tomirlari nihoyatda koʻpayadi. Ayol chuqurroq nafas oladigan boʻlib qoladi, bu — qonning kislorod bilan koʻproq toʻyinishini taʼminlaydi. Yurakning qisqarish xususiyati sezilarli darajada kuchayadi, natijada kislorod bilan toʻyingan qon ayolning hayot uchun muhim aʼzolariga, jumladan bachadoniga tezroq yetkazib beriladi. Buyraklar ham zoʻr berib ishlab, ona organizmidagina emas, balki homilada ham paydo boʻlgan almashinuv mahsulotlarini ajratib chiqarib turadi. Koʻmikda eritrotsitlar hosil boʻlishi tezlashadi, yaʼni qon miqdori koʻpayadi, qon tomirlari kengayib, gaz almashinuvi kuchayadi. Shu bois homilador organizmidagi aʼzo va sistemalarning normal ishlab turishini taʼminlash hamda homila rivojlanadigan qulay sharoit vujudga keltirish uchun oziq moddalar va kislorod koʻp boʻlishi kerak. Homiladorning ahvoli va oʻzini qanday tutishi koʻp jihatdan Homiladorlikning normal kechishi, homilaning keyin qanday rivojlanib borishi va boʻlgʻusi bolaning sogʻligini belgilab beradi. Homilador ayolning biror kasallik (gripp, sil, rev-matizm, angina, qandli diabet, kamqonlik, jigar, buyrak, yurak kasalliklari va boshqalar) bilan ogʻrishi, notoʻgʻri ovqatlanish, kun tartibini buzishi, vrach buyurmagan dorilarni ichishi homila taraqqiyotiga yomon taʼsir qilishi mumkin.
 
Homiladorlik chogʻida turli asoratlar boʻlmasligi uchun mumkin qadar barvaqt (hayz toʻxtashi bilan) ayollar maslahatxonasiga borib, tekshiruvdan oʻtish va kerakli maslahatlar, zarur boʻlsa, tegishli davo olish lozim. Homiladorlik davrida ayol oʻz badani va kiyim-kechaklari tozaligiga alohida eʼtibor berishi kerak.​ Homiladorlikka oid foydali kitob, jurnal, sayt va mobil ilovalardan foydalanishi lozim. Masalan, “Lalu — Homiladorlik maktabi” kabi mobil ilovalarni bepul yuklab olib, butun homiladorlik davri davomida kuzatiladigan o‘zgarishlarnioʻzgarishlarni haftama-hafta kuzatib borishi kerak.​<ref>https://avitsenna.uz/homiladorlik-belgilari/</ref>
 
Homiladorlik normal oʻtayotgan boʻlsa, ayol odatdagi turmush tarzini oʻzgartirishi shart emas, u oʻz yumushlarini dam olib, dam olib bajaraverishi mumkin. Faqat ogʻir narsa koʻtarmaslik, qaltis, keskin harakatlar qilmaslik maqsadga muvofiq.
Qator 17:
Homiladorlikning eson-omon oʻtishi va homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun asosiy shartlardan biri yaxshi ovqatlanishdir; ovqat toʻyimli, xilma-xil, oqsillar va vitaminlar (foliy kislotasi, C vitamini) ga boy boʻlishi kerak. Masalan, homiladorlikdan oldin va birinchi trimesterdan foliy kislotasini toʻgʻri miqdorda, kuniga 400 mkg (0,4 mg) qabul qilib borish tugʻma nuqsonlarning rivojlanish ehtimolini keskin kamaytiradi.<ref>https://www.verywellfamily.com/1-week-pregnant-4158813</ref> Homiladorlikning oxirgi oylarida yogʻliq va xamir ovqatlarni koʻp tanovul qilish yaramaydi, chunki bunday ovqat homilaning ancha kattalashib ketishi va tugʻishning qiyinlashib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.
 
Sogʻliq oʻzgargan baʼzi hollarda, mas, badanga shish kelganida vrach odatda tuzsiz parhez buyuradi. Normada homilador ayol bir kunda maksimal 6 gr yodlangan osh tuzi isteʼmol qilishi mumkin.<ref>https://www.aptaclub.co.uk/pregnancy/diet-and-nutrition/understanding-food-groups/why-is-salt-important.html</ref> Homilador ayol yengil badan tarbiya mashqlarini qilib turishi lozim. Homiladorlik davrlariga qarab maxsus gimnastika mashqlari kompleksi tavsiya etiladi (buni faqat vrach buyuradi). Haftasiga 5-7 -marta 30 daqiqa jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish mumkin. Boshlanishiga kuniga 10 daqiqadan boshlab, 30 daqiqagacha oshirish tavsiya qilinadi.<ref>https://meduza.io/feature/2017/07/28/govoryat-pri-beremennosti-nelzya-zanimatsya-sportom-krasit-volosy-i-letat-na-samolete-eto-pravda</ref> Muntazam badan tarbiya mashqlarini qilib turuvchi ayollarning tez va eson-omon koʻzi yoriydi.
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}}