Ibn Battuta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
[[Fayl:Ibn Battuta Mall on 2-iyun 2007-yil Pict 3.jpg|thumb|]]
 
'''Ibn Battuta''' yoki '''Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox alLavatiy attanjiy''' (1304.24.2, Tanja — 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325 -yil yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332 -yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va [[Qrim|Qrimga]] bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti oʻrganchga kelgan. Undan [[Buxoro]], [[Qarshi|Nahshab]], [[Termiz]], [[Samarqand|Samarkand]], Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va [[Dehli sultonligi|Dehli sultoni]] Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.
 
Ibn Battuta oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geogr. si, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi xdqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan.