Jambul (viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 62:
}}
 
'''Jambul viloyati''' — [[Qozogʻiston|Qozogʻiston Respublikasi]] janubidagi viloyat. [[1939-yil]] 14-oktyabrdaoktabrda tashkil etilgan. Qozoq xalq oqini Jambul nomiga qoʻyilgan. Maydoni 144,3 ming km<sup>2</sup>. [[Almati viloyati|Almati]], [[Janubiy Qozogʻiston viloyati|Janubiy Qozogʻiston]], [[Qaragʻandi viloyati|Qaragʻandi]] viloyatlari va [[Qirgʻiziston]]ning [[Talas viloyati|Talas]], [[Chuy viloyati|Chuy viloyatlari]] bilan chegaradosh. Aholisi 1,072,862 kishi (2013), asosan [[qozoqlar]], shuningdek, [[oʻzbeklar]], [[ruslar]], [[olmonlar]], [[ukrainlar]], [[tatarlar]], [[dunganlar]] va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi — [[Taraz]] shahri.
 
== Tabiati ==
[[FileFayl:E7829-Shu-steppe.jpg|thumb|300px|right|Chuning koʻrinishi (poezddan rasmga olingan)]]
Viloyat hududi asosan tekislik. Shimoliy qismini (viloyat hududining uzunligi) Betpaqdala choʻli egallagan. Chu daryosi vodiysidan janubida Moʻyinqum choʻli joylashgan. Viloyat janubi-gʻarbida Qoratov tizmasi (1600 m), sharq va janubi-sharqida Jeltov va Aytov togʻlari (1506 m), janubida Qirgʻiziston tizmasining shimoliy yon bagʻri (4000 m gacha) bor. Shimoliy qismida iqlim keskin kontinental (yanvarning oʻrtacha harorati —10&nbsp;°C dan — 14&nbsp;°C gacha, iyulning oʻrtacha harorati 25—27&nbsp;°C). Yiliga 100–200&nbsp;mm yogʻin yogʻadi. Togʻ oldi qismlarida iqlim yumshoqroq (oʻrtacha harorat yanvarda —5° dan —8° gacha, iyulda 20—22°). Yiliga 350&nbsp;mm, togʻlarda 500–600&nbsp;mm dan 700–900&nbsp;mm gacha yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200— 225 kun. Asosiy daryolari: Chu, Talas, Assa. Yirik koʻllari: [[Balxash]] (janubi-gʻarbiy qismi), Biyli koʻli, Oqkoʻl. Tekislik va yon bagʻirlardagi surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi; baʼzan taqir va shoʻrxoklar uchraydi. Qumlarda saksovul, 800–1500 m balandliklardagi boʻz tuproqlarda shuvoq-boshoqlilar va chalov-betaga, 1500– 1700 m dan 2000 m gacha balandliklardagi kashtan tuproqlarda togʻ teragi va tyanshan qoraqaragʻayi oʻsadi. 2100 m dan balandda subalp va alp oʻtloqlari bor. Choʻllarda qum yumronqozigʻi, qoʻshoyoq, jayran, yelik, saygʻoq; togʻlarda togʻ echkisi, arhar; yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq; sudraluvchilardan ilon, toshbaqa, kaltakesak; umurtqasizlardan biy, qoraqurt, chayon; koʻl va daryolarda okun (olabugʻa), marinka (qorabaliq), sazan, sudak (oq marka), leshch (toʻrta) kabi baliqlar bor<ref>[http://www.zhambyl.kz/?action=contents&page=122&lan=kaz ''Viloyat xaqida axborot'' Jambul viloyatining rasmiy saytidan]</ref>.
 
Qator 113:
 
== Hududiy boʻlinishi ==
[[FileFayl:Taraz image1.jpg|thumb|220px|right|Viloyat markazi [[Taraz]]]]
* [[Bayzaq tumani]] — [[Sarikemer]] qishlogʻi
* [[Jambul (tuman, Jambul viloyati)|Jambul tumani]] — [[Asa (Jambul viloyati)|Asa]] qishlogʻi