Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
 
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
Janubiy Afrika Respublikasi — federalizm nishonalari boʻlgan unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1997-yil 4 -fevraldan kuchga kirgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident. Milliy assambleya tomonidan uning aʼzolari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament. U viloyatlarning Milliy kengashi (yuqori palata) va Milliy assambleya (quyi palata)dan iborat. Ijrochi xokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 30:
Ikkinchi jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi.
 
Urushdan soʻng Janubiy Afrika Respublikasining Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961-yil 31 -mayda JAI hukumati „oq tanli“lar oʻrtasida referendum oʻtkazib, mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi deb eʼlon qildi.
 
Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi. 1991-yilda parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994-yilda muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil aprelda Milliy assambleyaga koʻp irqli saylov boʻldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1999-yildan prezident T. Mbeki. Janubiy Afrika Respublikasi — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 -aprel — Ozodlik kuni (1994). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12 -avgustda oʻrnatgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==