Kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
[[FileFayl:Henrika_Šantel_-_Kemičarka.jpg|thumb]]
 
'''Kimyo''' — [[modda]]larning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xosil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. „Kimyoi hunar“ sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo laboratoriya topilgan. Laboratoriya jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Qator 17:
19-asrning 70-yillaridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-yillarda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.
 
19-asr oxiri va 20-asr boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish Kimyo fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835-yildayoq fransuz fizigi A. Bekker[[el]] sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 yildan ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri Bekker[[el]] 1896-yilning 1 -martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (qarang Bekker[[el]]). 1895-yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekanligini Bekker[[el]] koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri bilan birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq boʻddi. Yangi elementlarning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani boʻlmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri, yaʼni har bir radioaktiv moddaning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chukur oʻrganishdi, Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barcha kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini olish mumkinligi ishlar koʻlamini fizika bilan bir qatorda Kimyoga ham olib kirdi. Natijada Kimyoning zanjir reaksiyalari mukammal oʻrganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3±yemirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektronni yutishi) turli elementlar radioizotoplarini oʻrganishga yordam berdi. Hozirgigacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish, yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
 
Kimyoning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.