Kioto: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎Manbalar: Bot v1: Tuzatma
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Kioto''' (Yapon tili: 京都, Kyōto) — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.da, Kioto prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,46 mln. kishi (1995). K. 792—794 yillarda qurilgan va 1192 -yilgacha Xeyan deb atalgan. 1868 -yilgacha mamlakatning rasmiy poytaxti va yapon imperatorlarining qarorgohi, muhim savdo shahri boʻlgan. K. — transport yoʻllari tuguni. Kema qatnaydigan kanal orqali Biva koʻli bilan bogʻlangan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, madaniy, tarixiy va diniy markazi. Mashinasozlik (asosan, elektr mashinasozligi va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik (tabiiy va sunʼiy ipakdan shoyi toʻqish), tikuvchilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, oyna-keramika sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda shoyi toʻqish, chinni va bronzadan badiiy buyumlar, diniy marosim ashyolari tayyorlashning qad. markazi. Yaponlarning kad. budda ibodatxonalari, muqaddas joylar, saroylar, bogʻ koʻp. K.da Yaponiyadagi 2 ta eng qad. universitet, med. akademiyasi, amaliy sanʼat oʻquv yurti, kutubxonalar, muzeylar, botaniqa bogʻi bor. Xalqaro turizm markazlaridan. Meʼmoriy yodgorliklardan Todzi ibodatxonasi (8—17-asrlar), Sayxodzi (14-asr), Tenryudzi (14-asr), Ryoandzi (15-asr) monastirlari, imperator saroyi majmuasi (1799 -yil da qayta tiklangan) va boshqa saqlangan. Ular meʼmorlikdagi yangi yoʻnalish asosida oʻziga xos milliy uslubda, ichki bezagida yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikdan foydalanib barpo etilgan. Zamonaviy inshootlardan "Kioto kaykan" shahar madaniyat markazi, xalqaro majlislar zali va boshqa qurilgan. K. yaqinida Uidzida Feniks ibodatxonasi joylashgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==