Kreml (qalʼa): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kreml (maʼnolari)}}
'''Kreml''', '''Moskva kremli''' — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]]ning poytaxti [[Moskva]] shahrining eng qad. qismi, qalʼasi. Moskva daryosining chap qirgʻogʻida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovitsk tepaligida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-asrlar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qalʼa qadimda "gard" yoki "grad Moskva" deb atalgan, 14-asr dan K. nomini olgan. Bu yerda knyaz Yuriy Dolgorukiy buyrugʻi bilan 1156 -yilda qurilgan "shahar" — istehkom esa, avvalgi qalʼa hududidan 5—6 barobar kengroq maydonni tashqil etgan va yogʻoch devor bilan oʻralgan. Moʻgullar hujumi davrida (1237) K. vayron qilingan. K.ning keyingi taraqqiyoti knyazlikning, keyinchalik esa, markazlashgan rus davlatining poytaxti boʻlgan Moskvaning rivoji bilan bogʻlanib ketgan. Devor va minoralari dubdan (1339— 40, maydoni 18 ga boʻlgan) va oq toshdan (1367, "oqtoshli Moskva" deb ham atalgan), keyinchalik gʻishtdan qayta qurilgan (1485—95, maydoni 27,5 ga). Hozirgi tarhi uchburchaksimon (maydoni taxminan 28 ga). Devorining oʻz. 2 km dan ortiq, qalinligi 3,5—6,5 m, balandligi 5–19 m dir.
 
K.da rus meʼmorligining noyob yodgorligi saqlanadi: Uspensk s o b o ri (1475—79), B l a go ve sh ch ye ne k sobori (1484—89), Arxangelsk sobori (1505—08), Granitovaya palata (1487—91). "Buyuk Ivan" qoʻngʻiroqxonasi (1505—08, 1600 -yil qayta qurilgan). Terem saroyi (1635—36); Sevat binosi (1776— 87, klassitsizm uslubida qurilgan, korinf orderi tizimidagi kolonnadalar bilan bezatilgan), Katta Kreml saroyi (1839—49) va Qurol-aslaha (Orujeyvaya) palatasi (1844—51; hozirgi muzey), Kreml majlislar saroyi (1959—61) va boshqa Kreml devorlarida 20 minora bor. Boʻlardan 6 tasi darvozali. Spassk (unga K. koʻranti oʻrnatilgan). Nikolsk, Arsenal, Troitsk, Borovitsk, Vodovzvod (Sviblov), Beklemishev (Moskvoretsk) minoralari oʻziga xosdir. K. ichida "Shoh zambaragi" (16-asr, quyma metall) va "Shoh qoʻngʻirogʻi" (18-asr) qoʻyilgan.
 
K. Moskva knyazlari (14-asr) va shohlar (16-asr oʻrtalaridan) qarorgohi, 18-asr boshlaridan imperatorlarning muvaqqat qarorgohi boʻlgan. 1918 -yil martdan bu yerga Sovet hukumatining, 1991 -yil dan esa Rossiya Federatsiyasi prezidentining qarorgohi joylashgan.
 
K.da majmuaviy taʼmirlash ishlari olib borilgan (1970). K. va Qizil maydon Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>