Lipetsk viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
 
Qator 1:
'''Lipetsk viloyati''' – [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasidagi]] viloyat. 1954 -yil 6 -yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 24,1 ming km². Aholisi 1247,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar yashaydi. Shaharliklar 64%. 18 tumanga boʻlingan, 8 shahar, 5 shaharcha bor (2001). Markazi – [[Lipetsk]] shahri.<ref name=":0" />
 
Lipetsk viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markazida. Don daryosining yuqori havzasida joylashgan. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Daryo vodiylari va jarliklar bilan oʻyilgan. Foydali kazil-malari: temir rudasi, flyus va texnologik ohaktoshlar, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, torf. Lipetsk yaqinida mineral buloklar va shifobaxsh balchiqlar bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 10°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 500&nbsp;mm. Vegetatsiya davri 180–185 kun. Asosiy daryosi Don va uning irmoklari: (Sosna, Krasivaya Mecha, Voronej). Tuproqlari qoratuproq, sur va toʻq sur oʻrmon tuproqlari, botqoq va torf tuproqlar.<ref name=":0" />