Liviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 21:
Liviya hududida odam qadimdan yashab keladi. Ming yillar davomida ibtidoiy jamoa tuzumi xukm surgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida Liviya gʻarbida Leptis-Magna, Sabrata va Ea degan Finikiya manzilgoxlari vujudga keldi. 7-asrda Liviya sharqida yunonlarning shaharchalari paydo boʻldi. Shulardan muximi Kirena. Keyinchalik Liviya hududining bir qismi Kirenaika deb yuritildi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida Liviyaning gʻarbiy qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Miloddan avvalgi 6-asr oxiri va 5-asr boshlarida Kirenaikaning bir qismini Axomaniylar davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari bosib oldi. Miloddan avvalgi 2-asrda uni Rim egallagan. 6-asrdan Liviya Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asrda Liviya Arab xalifaligiga qoʻshib olingan. Liviyaga juda koʻp arab qabilalari koʻchirib keltirilishi natijasida mahalliy aholi arablar bilan chatishib ketgan. Islom dini keng tarkalgan.
 
Liviya 16-asrdan 1912 -yilgacha Usmonli turk saltanati tarkibida boʻldi (faqat 1711 — 1835 -yillari Liviyani mahalliy Karamanli sulolasi boshqardi). 1911 — 12 yillardagi Italiya-Turkiya urushidan soʻng Liviyaning sohil boʻyi hududlarini Italiya egalladi. Mahalliy aholi Italiya mustamlakachilariga qattiq qarshilik koʻrsatdi. [[Birinchi jahon urushi]] davrida Italiya oʻz qoʻshinlarining bir qismini Liviyadan olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Italiya qoʻl ostida faqat Hims, Tarobulus al-Gʻarb va Bingʻozi shaharlari qoldi. Bu vaqtda Kirenaika hududi Sanusiya tariqati qoʻl ostida edi. 1918 -yil Tarobulus al-Gʻarbtaniya respublikasi eʼlon qilindi. Italiya hukumati oʻz mustamlakalaridan ajralib qolishdan qoʻrqib, Sanusiya tariqati boshligʻi Idris as-Sanusiyni Kirenaika hukmdori deb tan olishga, Tarobulus al-Gʻarbtaniya respublikasiga muxtoriyat huquqi berishga majbur boʻldi. 1922 -yil Idris as-Sanusiy Kirenaika va Tarobulus al-Gʻarbtaniya amiri deb eʼlon qilindi. Italiyada hokimiyat fashistlar qoʻliga oʻtgach (1922), Liviyani butunlay boʻysundirish uchun urush harakatlari yana boshlab yuborildi. Mahalliy aholi koʻplab qatl qilindi. Juda koʻp yerlar italyan kelgindilariga boʻlib berildi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ustidan Italiya nazorati oʻrnatildi. Bunga qarshi Liviyada ozodlik harakati yanada avj olib ketdi. Italiya qiyinchilik bilan Tarobulus al-Gʻarbtaniya (1928), Fetssan (1930)ni bosib oldi. 1939 -yilga kelibgina Kirenaika, Tarobulus al-Gʻarbtaniya va Fetssan Italiya tarkibiga kiritildi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi]] davrida Italiya mustamlakalarini kengaytirish uchun Liviyadan baza sifatida foydalanishga urindi. Liviyada harbiy bazalar, katta tosh yoʻllar qurildi, portlar qayta tiklandi, mustamlaka qoʻshinlari tuzildi. Ikkinchi jahon urushida fashist qoʻshinlari magʻlubiyatga uchray boshlagach, ItaliyaGermaniya qoʻshinlari Liviyadan butunlay olib chiqildi. 1942 -yil oxiri — 1943 -yil boshida esa fransuz askarlari Fetssanni, ingliz askarlari Kirenaika va Tarobulus al-Gʻarbtaniyani egalladi. Shu vaqtdan Liviya Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy maʼmuriyati qul ostiga oʻtdi.
 
Liviya takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 yillarda Tashqi ishlar vazirlari kengashi (Ikkinchi jahon urushidan keyin yarash bitimlarini tayyorlash maqsadida taʼsis etilgan xalqaro organ)da, soʻngra BMTda muhokama qilindi.
 
1949 -yil noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Liviyaga 1952 -yil 1 -yanvardan mustaqillik berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1950 -yilda chaqirilgan Milliy taʼsis majlisi Liviya konstitutsiyasini qabul qildi. 1951 -yil 24 -dekabrda mustaqil Liviya Qoʻshma Podshohligi (tarkibida Kirenaika, Tarobulus al-Gʻarbtaniya, Fetssan vilo-yatlari boʻlgan federatsiya) tuzilganli-gi eʼlon qilindi.
 
1963 -yilda Liviya unitar davlat deb eʼlon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamon yirik zamindorlar, qabila shayxlari qoʻlida edi. Demokratik harakatlar qattiqqoʻllik bilan bostirilar edi.
 
1969 -yil 1 -sentabrda yashirin siyosiy tashkilot aʼzolari — yesh armiya ofitserlari guruhi monarxiyani agʻdarib tashlab, Liviya Arab Respublikasi (LAR) tuzilganligini eʼlon qildilar. Mamlakatni boshqarish Inqilobiy qoʻmondonlik qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Liviyada "Liviya islom sotsializmi" qurilishi eʼlon qilindi. 1970 -yilda barcha chet davlatlarning harbiy bazalari LAR hududidan chiqarib yuborildi. 1972 -yilda mamlakatda yagona siyosiy tashkilot — Arab Sotsialistik Ittifoqi tuzildi. 1977 -yilda "Xalq hokimiyati" tartiboti eʼlon qilindi, mamlakatning nomi oʻzgartirilib, Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb ataldi. Oliy xalq kongressining 1979 -yil 1—2 -martdagi favqulodda sessiyasi qarori bilan Muammar Qazzofiy rasmiy ravishda davlat hokimiyat tizimidan tashqari turuvchi, amalda esa rahbar organ boʻlmish Inqilob rahbariyati boshligʻi boʻlib qoldi. Liviya 1955 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 -sentabr — Inqilob Kuni (1969).
 
Liviyada Siyosiy partiyalar yoʻq. Liviya Jamahiriyasi ishlab chiqaruvchilar kasaba kongresslari uyushmasi umumiy kongressi 1972 -yilda tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 51:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1975 -yildan 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil Barcha bosqichlardagi taʼlim — bepul. Liviyada 10 universitet, 17 oliy oʻquv yurti, 14 ilmiy tadqiqot markazi bor. 1975 -yilda Afrikadagi eng yirik neft tadqiqotlari laboratoriya tashkil etilgan. Tarobulus al-Gʻarbda Davlat kutubxonasi (1917) va universitet kutubxonasi, Bingʻozida Xalq kutubxonasi, Bingʻozi universiteti kutubxonasi bor. Tarobulus al-Gʻarbda arxeologiya, etn., islom, tabiat tarixi muzeylari, Leptis-Magna, Sabrata va boshqa shaharlarda qad. tarix muzeylari mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L .da nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: "Al-Fajr alJadid" ("Yangi tong", arab tilidagi kundalik gaz., 1978 -yildan), "Al-Jamahiriya" (arab tilidagi haftalik gaz., 1980 -yildan), "Az-Zahf al-Axdar" ("Yashil hujum", arab tilidagi haftalik gaz., 1980 -yildan), "Al-Muntijun" ("Ishlab chiqaruvchi", arab tilidagi haftalik gaz., 1978 -yildan), "Jeysh ash-Shaʼb" ("Xalq armiyasi", arab tilidagi oylik jurnal, 1971 -yildan). Jamahiriya axborot agentligi (JANA) — rasmiy axborot mahkamasi boʻlib, 1965 -yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish korporatsiyasi 1957 -yilda tuzilgan. Telekoʻrsatuv xizmati 1968 -yilda tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 68:
 
== Teatri ==
Xalq tomosha anʼanalariga aylanib qolgan "Fonusxayol", qoʻgʻirchoq teatrlari va oʻziga xos ogʻzaki jurnal (koniakl axborot) Liviyada zamonaviy teatrning paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1935 -yil Darnada Muhammad Abulhodi birinchi teatr truppasini tuzdi va bu truppa Misr, Yevropa teatri sanʼati taʼsirida rivojlandi. Liviya mustaqillik yillarida qator havaskorlik toʻgaraklari va professional uyushmalar: milliy musikali drama truppasi, Abdulhamid al-Mijrob rahbarligida Tarobulus al-Gʻarbdagi "Al-Amal", Misurotadagi "At-Toj-al-Fiddi" va boshqa paydo boʻldi. 1951 -yil Mustafo Muhammad Lamir Milliy teatr uyushmasi (aktyor va dramaturglar birlashmasi) — birinchi Liviya teatrini tuzdi. Bu teatr re-pertuaridan Molyer, N. V. Gogol, hozirgi zamon Misr va Liviya dramaturglari asarlari mustahkam oʻrin oldi. Keyingi yillarda bir qancha xalq musiqa-raqs guruxlari ishlay boshladi. 1963 -yil Tarobulus al-Gʻarbda musiqa-drama bilim yurti tashkil etildi. Bingʻozida xalq teatri truppasi, Tarobulus al-Gʻarb va Darna shaharlarida milliy teatrlar mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->