Malayziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957-yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12 -dekabrdan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 18:
15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511-yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. Malayziya hududining gʻarbiy qismi – Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi – Joxor 16– 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641-yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786–1888-yillar davomida inglizlar hozirgi Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
 
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943-yil Malayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945-yil 2 -sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi – xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948-yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946-yildan Malayya Ittifoqi va 1948-yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946-yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948-yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949-yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955-yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957-yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957-yil 31 -avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963-yil 9 -iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965-yil Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963-yildan [[BMT]] aʼzosi. 1992-yil 1 -yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami – 31 -avgust – Milliy kun (1957).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==