Meksika: Versiyalar orasidagi farq

1 bayt olib tashlandi ,  8 oy oldin
k
Bot v1: Tuzatmalar
(Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish))
k (Bot v1: Tuzatmalar)
 
== Davlat tuzumi ==
M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-yil 5-fevraldagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 -yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
 
== Tarixi ==
M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hozirgi Mexiko shahrini barpo etdilar va 14-asrda yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-asrda Markaziy va Janubiy M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517 -yil M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-asr oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605 -yilga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. Meksika sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-asrning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.
 
Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 yillarda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 yillar inqilobi va Janubiy Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821 -yil M. mustaqil davlat, 1824 -yil esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845 -yil AQSH Texasni, 1846—48 yillardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911 -yillarda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-asrning boshlaridan inqilobiy yuksalish roʻy bera boshladi. 1910 -yilda dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 yillarda M.da inqilob boʻlib oʻtdi. 1911 -yil may oyida Dias rejimi agʻdarib tashlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.
 
1929—33 yillardagi jahon iktisodiy boʻhroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him oʻzgarishlar qildi, yer islohoti oʻtkazdi.
 
Ikkinchi jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildirdi; lekin 1942 -yil may oyida fashistlar blokiga qarshi urush eʼlon qildi. Urushdan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol oʻzgarmadi. 60-yillardan boshlab L. Mateos (1958—64) va D. Ordas (1964—70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yoʻlini tutdi. 1970 -yilda hokimiyat tepasiga kelganL. Echeverria hukumati ahvolni yaxshilash uchun yer islohoti toʻgʻrisida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy kapital qoʻyilishini ragʻbatlantirish va chet el kapitalini tartibga solish toʻgʻrisida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmatchilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari kengaytirildi.
 
1976 -yilda saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 -yilda saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 -yil "Oʻng markazchi alyans" blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929 -yildan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning "ochikligi" va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991 -yil 26 -dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan va 1992 -yil 16 -martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 -sentabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 -yilda tuzilgan (1938 -yilgacha Milliyinqilobiy partiya, 1946 -yilgacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 -yildan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 -yilda asos solingan; M. koʻkatparvar ekologiya partiyasi, 1987 -yilda tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 -yilda tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 -yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966 -yilda tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 -yilda asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 -yilda tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 -yilda tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 -yilda asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 -yil tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938 -yil tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil, oʻrta maktabda 5 va 6 yil 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta universitet mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor universiteti (1551), Milliy politexnika instituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi universitetlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo instituti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va universitetlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va boshqa
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 2 mingdan koʻproq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: "Dia" ("Kun", 1962 -yildan), "In-formador" ("Xabarchi", 1917 -yildan), "Universal" (1916 -yildan), "Uno maye uno" ("Bir plyus bir", 1977 -yildan), "Ekselsior" (1917 -yildan), "Eraldo de Mexiko" ("Meksika xabarnomasi", 1965 -yildan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1960 -yilda tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi boʻlib, 1968 -yilda tashkil etilgan. M.da mingdan koʻproq radio va 700 dan ortiq telestansiya bor. M.ning yetakchi "Televisa" telekoʻrsatuv tijorat konsorsiumi 1973 -yil tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 -yil tashkil etilgan.
 
Adabiyoti 16-asrga kadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan avvalgi davrda mayya (3—9-asrlar) va atsteklar (14—16-asrlar) adabiyoti gʻoyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davridagi adabiyot yevropacha anʼanalar yoʻlidan bordi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuchli taʼsir etib turdi.
 
Ispan gumanist maʼrifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol oʻynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning "Ispan qirollariga mak-tublar", B. Dias del Kastiloning "Yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi" asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning "Meksikaning latofati" dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar boʻldi. 17-asr adabiyotida sheʼriyat asosiy oʻrinni egalladi. 18-asrda R. Landivarning "Meksika qishlogʻi" (1781), F. Klavixeroning "Meksikaning qadimgi tarixi" (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy sheʼrlari shuhrat qozondi (milliy madhiya —"Oʻn oltinchi sentyabrsentabr" va boshqalar). X. X. Fernandes de Lisardaning "Perikilo Sarniyento" romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi.
 
Mustaqil M. adabiyotida paydo boʻlgan birinchi badiiy yoʻnalish romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning sheʼrlari va M. Payno ("Shaytonning nayranglari"), L. Inklan ("Astusia...")ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-asrda M. sheʼriyatida modernizm paydo boʻldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va boshqalar)19-asr oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qaramaqarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910—17 yillardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Asuelaning "Pastdagilar" (1916) romanida kurashayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman ("Burgut bilan ilon", 1928), G. Lopes-i-Fuentes ("Harbiy lager", 1931; "Mening generalim", 1934) va boshqa yozuvchilarning asarlari ham shu ruxda yozildi.
M. musiqasi qadimdan oʻziga xos va boy. Mahalliy aholi, jumladan, qad. atsteklar turmushida (mas, diniy va ibodat marosimlarida, ish paytlarida) musika katta rol oʻynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika maktablari boʻlgan. Birmuncha sof "indeys musiqasi" ayrim chekka joylardagi tub aholi oʻrtasida hanuz saqlanib qolgan. Hozirgi M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati taʼsirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholgʻu asboblari — gitara hamda unga oʻxshash gitarron va haranita, skripka, arfa, truba koʻpdan mashhur.
 
Professional musiqa 16-asrdan rivojlana boshladi, 19-asr boshlaridan poytaxt va yirik shaharlarda italyan kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1825 -yil Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826 -yil simfonik orkestr paydo boʻldi. 1866 -yil konservatoriya ochildi. 19-asrning oʻrtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo boʻla boshladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-asrning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozitorlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuente, skripkami G. Shering, pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitarachi A. Bribyeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas yetakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Universitet simfonik orkestri, Milliy opera, universitet huzurida oliy musiqa maktabi ishlaydi. Bir qancha shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan koʻplab vokal-instrumental ansambllar katta muvaffaqiyat qozongan.
 
M.da balet sanʼati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya sanʼati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari bilan ispan raqqoslarining anʼanalari zaminida paydo boʻlgan. Hozirgi sahna raqsi 30-yillarda amerikacha "modern" raqsi taʼsirida tarkib topa boshlagan. Folklor bilan "modern" raqsining qoʻshilishidan oʻziga xos milliy raqs shakllari paydo boʻldi. 1966 -yildan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari oʻtkaziladi. 1947 -yildan Milliy balet, 70-yillardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va boshqa ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur.
 
== Teatri ==
M. teatr sanʼati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar koʻrsatilgan. M. 16-asrda yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq sanʼati quvgʻinga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 -yildan Mexikoda "Komediya uyi" teatri ishlay boshladi, 1670 -yil birinchi doimiy "Koliseo" xalq teatri ishga tushdi, Gvadalahara (1758), Verakrus (1787) shaharlarida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 -yil Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ishtirok etdi. 1946 -yil Mexikoda Milliy nafis sanʼat instituti, uning huzurida esa aktyorlar va rejissyorlar tay-yorlaydigan maktab ochildi. Eng mashhur teatrlari: "Ximenes Rueda", "Idalgo", "Xoda", "Reforma", "Insurxentes", Bolalar teatri, "Ginol" qoʻgʻir-choq teatri va boshqa
 
== Kinosi ==
19-asr oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905 -yil birinchi badiiy film koʻyildi. 1910 -yilda M. mustaqillik kurashi haqidagi "Alam hayqirigʻi" filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-yillardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 yillarda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-asr 30—40-yillarida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. "Mariya Kandelyariya" (1944), "Durdona" (1947), "Rio Eskondido" (1948), "Qishloqi qiz" (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: "Gʻisht teruvchilar" (rejissyor X. Fone), "Janubdagi uy" (rejissyor S. Olxovich), "Pastkash odamlar" (rejissyor X. Estrada),’ "Xuan Peres Xolote" (rejissyor A. Burns), "100-meridian" (rejissyor A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor.
 
==Oʻzbekiston — Meksika munosabatlari==
271 940

ta tahrir