Moʻgʻuliston (qadimgi davlat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Turkum:Mongoliya qoʻshildi (HotCat)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 47:
Moʻgʻul hukmdorlari va mulkdorlari oʻrtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga ikki xil qarash mavjud boʻlib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori boʻlsa ([[Oʻqtoyxon]], [[Munke|Munkexon]], Chigʻatoy ulusi hukmdorlaridan [[Muborakshoh]], [[Baroqxon]], [[Kebekxon]] va boshqalar), yana bir boshqa guruh oʻtroqlik va shahar hayotiga tamoman qarshi boʻlib, koʻchmanchilik anʼanalariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qalʼalarga tayanib, moʻgʻullarga qarshi kurash markaziga aylanib qoladi, deb hisoblardilar), ekinzorlar va bogʻrogʻlarni oʻtlovlarga aylantirish tarafdorlari (Xaydu, Durra Temur, Buzan va boshqalar) edilar.
 
Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan [[Movarounnahr]]ga koʻchib keladilar. Muborakshoh [[Ohangaron]] vohasiga, Baroqxon esa [[Chagʻoniyon]]ga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shimoli-sharqiy qismida qolgan turk va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini [[moʻgʻullar]], mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalar esa [[chigʻatoylar]] nomi bilan mashhur boʻldi. Moʻgʻullar Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalarni [[qoraunaslar|qoraunas]] (duragay), ular esa moʻgʻullarni ''jete'' (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348-yilda chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarildi. Tugʻluq Temur vafotidan (1363) soʻng, Amir [[Qamariddin]] hokimiyatni qoʻlga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida Moʻgʻulistonga Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida oʻz hukmronligini oʻrnatgan [[Amir Temur]] 7 -marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qoʻshin tortgan. Qamariddin Temur qoʻshinlarining taʼqibi ostida bir qism navkari bilan shimolga qochib ketdi. Taxtga Xizrxoʻja oʻtirdi. Xizrxoʻja Temurning [[Eron]] va [[Iroq]] yurishlarida band boʻlganligidan foydalanib, Moʻgʻulistonda tartib oʻrnatish va markaziy hukumatni mustaqkamlashga muvaffaq boʻldi, keyinchalik (1397) u bilan qarindosh boʻlib (Temurga qizi [[Tuman ogʻo begim]]ni bergan), oʻz mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxoʻja vafotidan soʻng uning oʻgʻli Shamʼi Jaqon hokimiyatni qoʻlga oldi (1399).
 
1408-yili Shamʼi Jahon vafot etgach, taxtga ukasi Muhammadxon koʻtarildi. Muhammadxon davrida Movarounnahr qoʻshinlari Qashqarni egallaganlar (1416). Muhammadxondan keyin taxtga oʻtirgan Shamʼi Jahonning oʻgʻli Naqshi Jahon [[Xitoy]] va [[Temuriylar]] saltanati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash yoʻli bilan Moʻgʻuliston birligini saqlab qolmoqchi boʻldi. Lekin, u 1418-yil boshlarida Sheralining oʻgʻli [[Vaysxon]] tomonidan oʻldirildi. Vaysxon hukmronligi yillarida mulkdorlar orasida kurash yanada kuchaydi. Mulkdorlarning bir guruhi Vaysxon, yana bir guruhi Muhammadxonning oʻgʻli Shermuhammadxon atrofida uyushgan edi. Bu kurashda Vaysxon va uning tarafdorlarining qoʻli baland keldi. Shermuhammadxon [[Samarqand]]ga qochib ketdi va 1421-yil uning yordami bilan hokimiyatni Vaysxondan tortib oldi. Lekin oradan 3—4 yil oʻtgach, u [[Mirzo Ulugʻbek|Ulugʻbek]] hukumatiga boʻysunmay qoʻydi. Natijada 1425-yil Ulugʻbek katta qoʻshin bilan Moʻgʻulistonga yurish qilib, hokimiyatni Vaysxonga topshirdi. Ana shu yili Qashqar Moʻgʻulistondan ajratilib, Samarqandga boʻysundirildi. Vaysxon vafotidan soʻng uning 2 oʻgʻli: [[Yunusxon]] va Esonbuqa oʻrtasidagi toj-taxt uchun kurashda Esonbuqa gʻolib chiqdi. Yunusxon Samarqandga qochib ketdi. Esonbuqa Moʻgʻulistondagi tarqoqlikka barham berdi, uning chegaralarini mustahkamladi. Esonbuqa vafot etgach, Yunusxon temuriy [[Abu_Said_(Temuriy)|Abu Saʼid]] yordami bilan taxtga oʻtirdi. Abu Saʼid vafotidan soʻng, Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foydalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va [[Andijon]] hokimi [[Umarshayx Mirzo (temuriy)|Umarshayx Mirzo]]ni ([[Bobur]]ning otasi) kuyov qilib [[Sayram]], [[Toshkent]] va [[Oʻsh]] viloyatini oʻziga boʻysundirib oldi. Yunusxon vafotidan soʻng, xon qilib koʻtarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina Moʻgʻulistonning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mamlakat mayda-mayda qismlarga boʻlinib ketgan edi. Masalan, [[Oqsuv (tuman)|Oqsuv]], Qorashahar va Turfonda Sulton Ahmadxon, [[Chu]] va Qoʻziboshida qozoq sultonlari, Yettisuvda Muhammad qirgʻiz mustaqil hukmdor edilar.