New York (shahar): Versiyalar orasidagi farq

k
Bot v1: Tuzatmalar
k (Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish))
k (Bot v1: Tuzatmalar)
Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ilk bor Manhattan oroliga [[1613-yil]]da [[Gollandiya|golland]]lar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga New York deb ataganlar. 1785—90-yillarda New York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti]] va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.
 
New York — Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3 -marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi New York orqali oʻtadi. Shaharda fond [[birja]]si, [[bank]], [[sugʻurta]] jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan [[metropoliten]] ishlab turibdi.
 
New Yorkda 6 universitet, 40 dan ortiq kollej, FA va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.
252 607

ta tahrir