Nigeriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
N. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-yil 29 -mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka. aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999-yildan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 19:
Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatanyuqori darajada boʻlgan. Milodiy 8—10-asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.
 
N. qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553-yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849-yil Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861-yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnashib ol-dilar. 1885-yilda "Oyl-rivers protekto-rati" (1893-yildan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906-yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914-yil 1 -yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.
 
Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiysiyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920-yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922-yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944-yil avgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gashi (1962-yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945-yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958-yil oktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960-yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963-yil 1 -oktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.
 
1964-yil 30 -dekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966-yil 15 -yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966-yil 29 -iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketmaket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999-yil 20 -fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27 -fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.
 
Milliy bayrami — 1 -oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 11 -martda tan oldi va oʻsha yil 28 -avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Qator 39:
Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash z-dlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil z-dlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.
 
Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakchi rol uynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz z-dlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chikariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilishfaner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400 -mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
 
== Transporti ==