Oʻta gigantlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Oʻta gigantlar''' — geometrik [[oʻlcham]]lariga koʻra juda ulkan [[yulduz]]lar. Umuman yulduzlar oʻzlarining geometrik oʻlchamlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Agar yulduzlar [[massa]]lari jihatidan [[Quyosh]] massasining 0,1 dan 50 massasigacha boʻlsa, ulardan koʻpchiligining diametri bir necha yuz ming , hatto millionlab km ga yetadi (Quyoshning [[diametr]]i 1 392 000 km). Quyoshga nisbatan oʻlchamlari bir necha marta katta yulduzlar ([[Kanopus]], [[Arktur]], [[Antares]]) [[gigant yulduzlar]] boʻlsa, juda kam uchraydigan baʼzi Oʻ.g . ([[Betelgeyze]]) Quyoshning oʻrnida boʻlganida, [[Mars]] hatto [[Yupiter]] [[sayyora]]lari [[orbita]]si ham shunday yulduzlar ichida boʻlardi. Oʻ.g . yulduzlarning modda [[zichlik|zichligi]] [[Yer]] [[atmosfera]]si zichligidan ham kam boʻlishi mumkin. Oʻrtacha yulduz — Quyoshning zichligi [[suv]] zichligidan 1,4 -marta ortiq. Yulduzlarning ichida zichligi nihoyatda kattalari [[neytron yulduzlar]] hisoblanadi. Yulduzlar oʻzlarining uzoq umrlari davomida oʻz [[temperatura|tra]]larini va oʻlchamlarini oʻzgartirmaydilar. Lekin, markazlaridagi hamma [[vodorod]] [[geliy]]ga aylangach, tez kattalashib boradi. Yulduz sirtidagi temperatura kamayib, [[nurlanish]] energiyasi bir necha marta ortadi va, nihoyat, u qizil gigantga aylanadi. Bular markazidagi temperatura 100 mln. [[Daraja (harorat)|gradus]]gacha koʻtariladi va yulduz yadrosida geliyning uglerodga aylanish reaksiyasi sodir boʻladi. Qizil gigant, oʻzining [[rivojlanish]] davrida maʼlum vaqtni oʻtgach, juda kattalashib ketgan oʻz [[qobiq|qobigʻi]]ni ajratib tashlaydi va [[planetar tumanliklar|planetar tumanlik]] hosil boʻlib, uning markazidagi yulduz tobora kichiklashib sekin sovib borayotgan [[oq mitti yulduzlar|ok mitti yulduzga]] aylanadi. Bu hodisalar Oʻ.g .ning [[yulduzlar evolyutsiyasi]] [[nazariya]]sini yaratishda muhim obʼyektlar boʻlishidan dalolat beradi.
 
{{OʻzME}}