Paleolit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Paleolit''' (paleo... va lot. "lithos" — tosh) — qad. tosh davri.
 
Tosh davrini 2 bosqichga: P. — paleolit (qadimgi) va [[neolit]] — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 -yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. P. eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. P. davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
 
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari P.ning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk P. davriga mansub qator noyob yodgorliklar topilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam — [[arxantroplar]]ning yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk P. davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5 — 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk P. davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.
Qator 13:
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta P. davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq, Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta P. davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta P. davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
 
Yuqori P. miloddan avvalgi 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868 -yilda Fran-siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi.
 
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.