Pekin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Bot v1: Tuzatmalar
Qator 4:
'''Pekin''', (xitoycha — shimoliy poytaxt) — Xitoyning poytaxti. Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Kattaligi jihatidan mamla-katda Shanxaydan keyin 2-oʻrinda. Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy qismida, uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtachat-rasi —4,6°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 636 mm. Aholisi 12 mln. kishi (1999, shahar atrofi bilan). P. aloxdsa maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.
 
P. — Xitoyning eng qad. shaqarlaridan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdayoq hozirgi P. oʻrnida aholi yashaganligi maʼlum. Miloddan avvalgi 1-mingyillik —milodiy 10-asr man-balarida shahar Szi deb atalgan. 10-asrda Shimoliy Xitoyni kidanlar bosib olgach, nomi Sitszin deb oʻzgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining janubiy poytaxti — Nanszin boʻlib qolgan (937), 1153 -yildan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. 1215 -yilda shaharni moʻgʻullar istilo qilgan. 1263 -yilda Xubilay Dasinni moʻgʻullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qoʻygan. Moʻgʻullar sulolasi Yuan davrida (1280—1368) shahar oʻrtasidan Buyuk kanal kazilgan. 1368 -yilda Xitoydan moʻgʻullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421 -yilda Min imperiyasi (1368—1644) poytaxti. Bu davrdan boshlab shahar hozirgi nomda Beyszin (Pekin) deb atala boshlagan. Sin (manjurlar sulolasidan) davrida (1644—1911) P. imperiya poytaxti boʻlgan. 1912 i. Sin monarxiyasi tugatilgach, P. Xitoy Respublikasi poytaxti. 1927 -yil hokimiyat gomindanchilar qoʻliga oʻtgach, poytaxt Nankinga koʻchirildi. P. yana Beypin deb atala boshladi. 1937—45 yillarda Beypin yaponlar qoʻl ostida boʻldi. 1945—49 yillarda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949 -yilda ulardan ozod qili-nib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi.
 
P. uzoq vaqt mamlakatning faqat maʼmuriy, harbiy va siyosiy markazi boʻlib keldi. Hunarmandchilik qadimdan rivojlangan boʻlib, chetga chiqarish uchun turli buyumlar tayyorlanar edi. Sanoati 1949 -yildan rivojlana boshladi. P. — transport yoʻllarining yirik tuguni, mamlakatning yetakchi sanoat markazlaridan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. va uning chekkalarida metallurgiya, stanoksozlik, metallPekin shahridagi zamonaviy binolar. konstruksiyalar, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi, transport va energetika mashinasozligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, telefon va radiotexnika, tibbiyot pri-borlari, sintetik va sunʼiy tola, toʻqimachilik, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, poligrafiya, energetika korxonalari bor. Shahar yaqinida koʻmir qazib chiqariladi. Metropoliten qurilgan.
 
Meʼmorchiligida qad. xitoy shahar qurilishiga xos xususiyatlar — qalʼalarning devorlar bilan oʻralganligi, koʻchalar boʻylab shimolidan janubga va gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan toʻrtburchak shakldagi turar joy kvartallari qurish asosiy oʻrinni egallaydi. 12-asrga oid paxsa devorlarning qoldiklariga qaraganda shahar hozirgi P.ning janubi-gʻar-biy qismida joylashgan. 13-asrda shahar shim.ga tomon kengaya borgan. 1553 -yilda atrofi gʻisht devor bilan oʻralgan "Tashqi shaxdr", oʻz navbatida, "Imperator shaxri" majmuasini oʻz ichiga olgan. Bu majmua tarkibida koʻplab saroylar, ibodatxonalar, pagodalar, bogʻlar, te-paliklar va koʻllar boʻlgan. "Imperator shahri"ning markazi — "Taqiqlangan shahar"ning janubiy qismida "Osmon ibodatxonasi" ansambli (1420— 1530, 18-19-asrlarda qayta qurilgan) joylashgan. P.ning bosh maydoni Tyan-anminda Xitoy kengashi binosi, Xitoy tarixi mu-zeyi, Millatlar madaniyati saroyi, koʻrgazma paviloni va boshqa imoratlar qurilgan. P. va uning atrofida juda koʻp bogʻ, saroy, ibodatxona va memorial ansambllar bor. P. — Xitoyning muhim fan va mada-niyat markazi. P. universiteti va boshka universitetlar, pedagog, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari, konservatoriya, Xitoy Fanlar akademiyasi va botanika bogʻi, rasadxona bor. P.da mamlakatdagi eng yi-rik kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari joylashgan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->