Qibray tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Bot v1: Tuzatmalar
Qator 64:
}}
 
'''Qibray tumani''' — [[Toshkent viloyati]]dagi [[tuman (maʼmuriy birlik)|tuman]]. 1933-yil 1 -dekabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24 -dekabrda Kalinin (hozirgi [[Zangiota tumani|Zangiota]]) tumani bilan birlashtirildi. 1964-yil 31 -dekabrda qaytadan tuzildi. 1933 — 91 yillarda Orjonikidze tumani. Janubiy gʻarbdan [[Toshkent]] shahri, janubidan [[Yuqori chirchiq tumani|Yuqori Chirchiq]], sharqdan [[Boʻstonliq tumani|Boʻstonliq]], gʻarbdan [[Toshkent tumani|Toshkent tumanlari]], shimolidan [[Qozogʻiston]] Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km{{sup|2}}. Aholisi 159,6 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha ([[Qibray]], [[Salor (shaharcha)|Salor]]), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Baytqoʻrgʻon, Yonariq, May, Matqobulov, Oqqovoq, Tuzel, Chinobod, Yangiobod, Oʻnqoʻrgʻon, Qiziltu, Qipchoq) bor. Tuman markazi — Qibray shaharchasi.
 
Tabiati. Tuman viloyatning shimoliy va shimoli-sharqida, [[Chirchiq (daryo)|Chirchiq]] daryosi [[vodiy]]sida joylashgan. Relyefi shimoli-sharqiy qismida qir va adirlardan iborat. Yer yuzasi shimoli-sharqqa tomon balandlashib boradi. Oʻrtacha balandligi 300– 400 m. Janubiy tomonidan Chirchiq daryosi, shimolidan [[Boʻzsuv]], Zax va Xonim kanallari, oʻrta qismidan Katta [[Qorasuv kanali]] oqib oʻtadi. Chirchiq daryosining hozirgi va qadimiy irmoqlari, Boʻzsuv, Zaxariq kanallari jarliklar hosil qilgan. Baʼzi jarlarning chuqurligi (Boʻzsuvda) bir necha oʻn metrga yetadi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. [[Iqlim]]i kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27 — 29°, yanvar