Simob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Simob''' (lot. Hydrargurum), Hg — [[[[Mendeleyev davriy sistemasi]]]]ning II guruhiga mansub 6 davrda [[kimyoviy unsur]]; tartib raqami 80, atom massasi 200,59. Tabiiy Simob massa sonlari 196, 198—202 va 204 ga teng boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng koʻp tarqalganlari 2(l0Hg(23,13%) bilan 2O2Hg (29,8%). Simobning sunʼiy [[radioaktiv izotoplar]]idan 2()3Hg(T1/2=46,9 kun) va 205Hg (T|/2=5,5 min) amaliy ahamiyatga ega. Simob juda qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatdan 710"6% ini tashkil etadi. Tabiatda baʼzan tugʻma holda uchraydi, asosan, birikmalar holida boʻladi. Simobning asosiy minerali — kino var HgS. Undan tashqari, Simobning 30 ga yaqin minerallari mavjud. [[Ispaniya]], Kavkaz, [[Ukraina]], Oʻrta Osiyo, [[Italiya]] va AQShda Simob konlari bor. Simob — odatdagi trada yaltiroq, kumush rang suyuq metall, zichligi 13,52 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi —38,97°, qaynash temperaturasi 357,25°. Simob oʻzida boshqa metallar (mas, natriy, kaliy, [[kumush]], [[oltin]]ni eritib, oʻsha metallarning amalgamasini hosil qiladi. Oʻz birikmalarida 1 yoki 2 [[Valentlik|valentli]]. Kimyoviy jihatdan turgʻun modda. Asl metallar singari quruq havoda oksidlanmaydi; Simob kislorod bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Galogenlar va oltingugurt bilan oson birikadi. Xlorid kislotada va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi, lekin zar suvida, nitrat kislotada, qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Simobning ionlanish potensiali katta bulganligidan birikmalari beqaror, qizdirilganda parchalanadi. Bir valentli Simob birikmalari qizdirilganida Simobga va 2 valentli Simob birikmalariga parchalanadi; mas, Hg2(NO3)2 <=* Hg+Hg(NO3)2. Simob juda koʻp asboblar (mas, barometr, termometr, yukrri vakuum nasoslari)da, oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, elektrotexnikada, radiotexnikada, portlovchi moddalar, kunduzgi, katod va kvars lampalari, kalomel elektrodlari tayyorlashda, harbiy maqsadlarda ishlatiladi.
 
Odam va hayvonlar organizmida 10~6% Simob boʻladi. Odam organizmiga bir kechakunduzda oʻrta hisobda ovqat orqali 0,02—0,05&nbsp;mg Simob oʻtadi. Kishi qonida oʻrta hisobda 0,023&nbsp;mg/ml, siydikda 0,1—0,2 mkg/ml miqdorida Simob bor. Simob organizmda Si, Sn, Cd, Se mikroelementlarining singishi va almashinuvida yordam beradi. Simob va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall Simobning bugʻlari ayniqsa xavfli. Simob nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan Simob undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. Simob ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Sdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. Simob preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi.