Genetik dreyf: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Genlar dreyfi maqoladan ma'lumotlar
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
 
'''Genlar dreyfi''' (gollandcha drijven — suzmoq, quvib haydamoq), genetik-avtomatik jarayonlar — tasodifiy omillar taʼsirida qator avlodlar davomida populyatsiyalarda genlar chastotasining oʻzgarishi. G. d., odatda, populyatsiyalar irsiy oʻzgaruvchanligining pasayishiga olib keladi. G. d. tabiiy ofatlar (oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunapdalarning keng tarqalishi va b. natijasida populyatsiya individlari soni keskin kamayib ketganida aniq namoyon boʻladi. G. d. tazyiqi ostida populyatsiya genotipik tarkibi dinamikasining harakterli xususiyati gomozigotlanish jarayonining kuchayishidan iborat. Bu hodisa populyatsiya arealining torayishi tufayli yaqin qarindosh individlar oʻrtasidagi chatishish imkoniyatining ortishi bilan bogʻliq. Natijada tasodifiy ravishda genlar chastotalarining oʻzgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi, boshqasining yoʻqolishi roʻy beradi. Ajralish paytida vujudga kelgan baʼzi gomozigotali formalar yangi muhit sharoitiga moslanishda qimmatli boʻlib chiqishi va ular tabiiy tanlanish taʼsiriga uchrab, keyinchalik populyatsiya individlari sonining orta borishi bilan keng tarqala boshlashi mumkin. G. d. nazariyasi 20-asrning 40-y.larida amerikalik genetik S. Rayt hamda undan mustaqil ravishda rus olimlari D. D. Romashov va N. P. Dubininlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Genlar dreyfi S.Rayt tomonidan kiritilgan. U pashshalar populyatsiyasida ish olib borgan
 
{{stub}}