Igor Stravinskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Stravinskiy Igor Fyodorovich sahifasini Igor Stravinskiyga koʻchirdi
File
Qator 1:
[[Fayl:Igor_Stravinsky_LOC_32392u.jpg|thumb]]
'''Igor Fyodorovich Stravinskiy''' [1882.5 (17).6, hozirgi Lomonosov — 1971.6.4, Nyu York, Venetsiyada dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi va dirijyor. Atoqli xonanda Fyodor Stravinskiy (1843—1902)ning oʻgʻli. 20a. musiqasining islohotchilaridan. Peterburg universiteti (1900—05)da va musiqadan N.RimskiyKorsakov (1903—05)da tahsil koʻrgan. 1914 yildan Yevropa, 1939 yildan AQShda yashagan. Deyarli 65 yillik ijodiy faoliyati davomida rus musiqasi anʼanalariga tayangan. Shuningdek, musiqiy impressionizm ("Qaqnus" baleti), moziy rus folklori ("Petrushka", "Muqaddas bahor" baletlari), neoklassitsizm ("Pulchinella" baleti, "Shoh Edip" operaoratoriyasi va boshqalar), jaz musiqasi ("Regtaym", "Obnus konserti"), diniy musiqa ("Psalmlar simfoniyasi", "Trenlar", "Rekviyem", "Motam kanonlari"), dodekafoniya ("Dilan Tomas xotirasiga", "Agon", "Jon Kennedi elegiyasi" va boshqalar) kabi uslublarga oʻziga xos tarzda murojaat kilgan. Stravinskiy asarlari boy fantaziyasi, kuylari, ritmikasi, orkestrlash usullarining originalligi, shaklan rang-barangligi bilan qimmatlidir. Stravinskiyning ijodiy merosi va konsert faoliyati zamonaviy musiqa rivojiga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Stravinskiy 20-asrda "Hyp — Sharqdandir!" degan daʼvatni takrorlab, Sharq mavzulariga murojaat etgan. Oʻzbekistonda uning qator kamercholgʻu va simfonik (2 simfoniyasi — premyera tarzida) asarlari, balet musiqasi muntazam ijro etilmoqda.<ref>Gʻafurbekov, Toʻxtasin. "Stravinskiy Igor Fyodorovich" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20S%20harfi.pdf S-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>