Saljuq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Saljuq''', Saljuqbek ibn Doʻkak (taxminan 9-asr oxiri —10-asr oxiri, Jand) — harbiy [[sarkar]]da, [[saljuqiylar]] sulolasi bobokaloni; oʻgʻuzlarnntoʻgʻuzlarning qiniq urugʻidan. Otasi amir Doʻkak (turkcha Toʻkak — temir oʻq) xazarlar xoqoni harbiy xizmatida boʻlgan.
 
S. yoshligidan jasur sarkarda boʻlgan. Rashiduddinning yozishicha, S.ning 5 ta oʻgʻli: Isroil (Arslon yabgʻu), Mikoil, Muso yabgʻu, Yusuf va Yunus boʻlgan. S oʻgʻillari va oʻziga tobe urugʻdoshlari (jami 100 jangchi) bilan 1500 tuya, 50000 qoʻy va koʻplab otlarni olib, Jand atroflariga koʻchib oʻtgan (985) va chorvadorlik bilan shugʻullangan. 992 yilda Jand hukmdori bilan ittifoq tuzib, oʻz urugʻdoshlari bilan birgalikda islom dinini qabul qilgan va oʻgʻuz yabgʻulariga qarshi kurashgan. Chorvadorlar oʻrtasida islom dinini tarqatganligi uchun S.qa "Malik alGʻoziy" unvoni berilgan. U Yangikent va Jand atroflarini Ali yabgʻu hukmronligidan xalos qilib, oʻz hokimiyatini oʻrnatgan.