Meva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
[[Fayl:Berries in Berlin.jpg|280px|thumb|Meva]]
'''Meva''' (fruct-) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar M.si (partenokarp M.) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. M.larning shakli, kattaligi va rangi har xil. M. bitta tu-gunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl M., bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab M., tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta M. deb ataladi.
 
M. 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) M.lar bor. Hoʻl M.lar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq M. tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinadi: yongʻoq M.lar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va boshqalar); pista M.lar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va boshqalar); doncha M.lar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy. sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali M.lar — urugʻida qanotchasimon parda boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Ochiladigan M.lar, odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratiladi. Bargak M. — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok M. — turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha M. — oʻsma, jagʻjagʻ, qatron; koʻsak M. — gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchraydi. Boʻlinadigan M.lar ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va boshqalarning M.lari). M. tiplarini sistemaga soluvchi har xil tasniflar taklif qilingan, lekin ularning hammasini ham mukammal deb boʻlmaydi. Arman olimi A. L. Taxtajyan M.ni tutashmagan mevabarglardan hosil boʻlgan apokarp M. va tutashgan meva barglardan tuzilgan senokarp M.ga ajratadi. Senokarp M.ni sinkarp, parakarp valizikarpga ajratdi. Apokarp M. eng soddasi hisoblanadi. M.ning biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatishdir. Mevaqat urugʻlarni pishib yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlaydi. M. shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. M. qimmatbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning M.larini odam va hayvonlar isteʼmol qiladi, ulardan dori va boʻyoqlar tayyorlanadi. Begona va zaharli oʻsimliklarning M.si xoʻjalikka zarar yetkazadi.