Tarix falsafasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
mustaqil ish uchun xulosa
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Tarix falsafasi''' Xulosa- tarixni falsafiy sharlash va baholash. "Tarix falsafasi" atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.
 
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.