Fizika (Aristotel): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Kitob bilgiqutisi|Nomi=Fizika|Original nomi=Φυσικά|Rasm=Aristotle Physica page 1.png|muallif=[[Aristotel]]|Janr=[[Traktat]]}}
 
Fizika ([[Qadimgi yunon tili|qadimgi yunoncha:]] Φυσικά) — [[Arastu|Aristotelning]] [[Fizika|Fizikaning]] [[fan]] sifatida ([[Isaac Newton|Nyutongacha]] boʻlgan, ibtidoiy fan maʼnosida) yetishib chiqishida hal qiluvchi rol oʻynagan fundamental asari boʻlib, u sakkiz kitobdan iborat. Unda Fizika [[tabiat]] haqidagi fan emas, balki kategoriyalari [[vaqt]], boʻshliq va [[Makon|makonni]] talab mavjudligini talab qiluvchi [[harakat]] haqidagi taʼlimot sifatida koʻriladi.
 
=== Mazmuni ===
{{book-stub}}
 
==== Birinchi kitob ====
Birinchi kitobda Aristotel [[Eleya maktabi|Eley maktabi]] vakillarining harakatning imkonsizligi to'g'risidagi fikrlarini muhokama qiladi, zero ularning fikricha yo'qlikdan yo'qlik paydo bo'lishi mumkin emas edi. Ya'ni, ushbu maktab vakillarining qarashlariga ko'ra, [[Olam]] yo'qlikdan paydo bo'lgan, harakatning paydo bo'lishi ham niyohada olamning paydo bo'lishi bilan bog'lanadi. Olam yo'qlikdan paydo bo'lgan ekan, harakat mavjud, deb hisoblash uning ham yo'qlikdan kelib chiqqan, deyish bilan barobardir. Aristotel Eley maktabi vakillarining o'sha fikriga qarshi chiqadi. Aristotel kitob oxirida yo'qlikdan [[Borliq|borliqning]] paydo bo'lishi ehtimoli to'g'risida o'z tezisini bildiradi va buni asoslash uchun [[ehtimollik]] va [[voqelik]], shuningdek [[Mazmun va shakl|shakl va materiya]] to'g'risidagi qarashlarini bayon qiladi.
 
==== Ikkinchi kitob ====
Ikkinchi kitobda Aristotel [[Tabiat]] ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] Φύση) to'g'risida so'z yuritadi va harakatning ham, harakatsizlikning ham ibtidosi tabiatda yashirin ekanligini ilgari suradi. U Tabiatni San'atga qarshi qo'yadi va materiya va shaklning kelib chiqishi Tabiatga bog'liq, degan fikrlarni ilgari suradi. Keyinroq u to'rt sabab to'g'risidagi fikrlarini keltiradi va tasodif va zaruriyat to'g'risidagi g'oyalarini keltiradi.
 
==== Uchinchi kitob ====
Uchinchi kitobda Aristotel Tabiatni harakat bilan ayniylashtiradi va shu lahzadan boshlab uning diqqat markaziga Harakat ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] κίνησις) chiqadi. Harakat ehtimollikdan voqelikka o'tish bosqichidir va u Zamon, Makon va Bo'shliq tushunchalari bilan chambarchas bog'langan. Aristotel kitobni cheksizlikni muhokama qilish bilan yakunlaydi.
 
==== To'rtinch kitob ====
To'rtinch kitobda u harakatning asosiy ko'rinishi sifatida bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tishni keltiradi va bunda asosiy omil sifatida Makon maydonga chiqadi. U Makonning ko'rinishlari sifatida Bo'shliq ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] κενόν) va Tartibsizlik (Xaos)ni ham ko'rib chiqadi. "Vaqt o'zgarishni o'lchovchi vositadir" ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] "ὁ χρόνος ἀριθμός ἐστιν κινήσεως") degan fikrini Aristotel ilgari surgan.
 
==== Beshinchi kitob ====
Beshinchi kitobda Aristotel kelib chiqish va yo'qolish hodisalarini muhokama qiladi. Unda Aristotel falsafiy kategoriyalar ustida mushohada yuritib, harakat ularning har qaysisiga emas, balki sifat, miqdor va makongagina xosdir, degan fikrni ilgari suradi.
 
==== Oltinchi kitob ====
Oltinchi kitobda Aristotel Zamonning uzluksizligini ilgari suradi va Zenonning fikrlarini tanqid qiladi. U harakatning mavjudligini, undan tashqari, agar aylana harakat bo'ladigan bo'lsa, uning cheksiz harakat ekanligini ilgari suradi.
 
==== Yettinchi kitob ====
Yettinchi kitobda Aristotel Birlamchi dvigatel to'g'risida fikr yuritadi, zero uning fikricha, har qanday harakat qandaydir yo'l bilan boshlanishi kerak. Aristotel birinchi harakatni ko'chib o'tish ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] φορᾶς) deb nomlaydi va uning to'rt ko'rinishi: tortilish, itarilish, ko'tarilish va aylanishni keltiradi.
 
==== Sakkizinchi kitob ====
Sakkizinchi kitobda Aristotel harakatning abadiyligi masalasini ko'taradi va paradokslar ustida fikr yuritadi. Qolaversa, uning fikricha, abadiy aylana harakatning sababi harakatsiz Birlamchi dvigatel ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] πρώτως κινοῦν) bo'lishi kerak. Birlamchi dvigatel yagona va abadiy bo'lishi kerak. Aylana shaklidagi harakat ([[Qadimgi yunon tili|yunoncha]] κυκλοφορία), Aristotel fikricha, to'g'ri chiziqli harakatdan ko'ra mukammalroq va qadimiyroqdir.
 
=== Iqtiboslar ===
Harakatdan bexabarlik muqarrar tarzda tabiatdan bexabarlikni keltirib chiqaradi - III Kitob.
 
Vaqt - harakat o'lchamidir - III Kitob.
 
Birlamchi, harakatsiz dvigatel mavjud - VIII Kitob.
 
Harakat doimo mavjud bo'lishi kerak - VIII Kitob.
 
Aylana harakat to'g'ri chiziqli harakatdan ko'ra birlamchiroqdir - VIII Kitob.<ref>[http://lib.ru/POEEAST/ARISTOTEL/physic.txt Физика]. [[:ru:Аристотель|Аристотель]], перевод В. П. Карпова.</ref>
 
== Manbalar ==