Andalusiya: Versiyalar orasidagi farq

→‎top: Xatoni tuzatdim
k (Bot v1: Tuzatmalar)
(→‎top: Xatoni tuzatdim)
Teglar: Qaytarildi Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali Android ilova orqali
'''Andalusiya''' ([[ispan tili|isp.]] ''Andalucía'') [[Ispaniya]]ning janubiy, eng seraholi viloyati, [[avtonom jamoat]]dir. Markazi &ndash; [[Sevilla]] shahri. Aholisi &ndash; 8 424 102 kishi. Maydoni &ndash; 87 268&nbsp;km<sup>2</sup>.
 
Ma’muriy jihatdan 8 provinsiya – [[Almería (provinsiya)|Al-meriya]], [[Granada (provinsiya)|Granada]], [[Cádiz (provinsiya)|Kadis]], [[Córdoba (Ispaniya pronsiyasi)|Kordova]], [[Málaga (provinsiya)|Malaga]], [[Sevilla (provinsiya)|Sevilya]], [[Huelva (provinsiya)|Uelva]], [[Jaén (provinsiya)|Xaenga]] boʻlinadi. Eng yirik portlari: [[Sevilla|Sevilya]], [[Kordova (shahar)|Kordova]] (Qurtuba), [[Malaga]], [[Kadis]]. Yevropaning eng janubiy nuqtasi – Marroki burni Andalusiya janubiy-gʻarbda Atlantika okeani (Kadis qoʻltigʻi), janubi-sharqda Oʻrta dengiz bilan oʻralgan, janubida [[Gibraltar]] boʻgʻozi uni Afrika qitasidan ajratib turadi. [[Gvadalkvivir]] daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pirenei yarim orolning eng baland nuqtasi – Mulasen choʻqqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Togʻlar doim yashil oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan. Andalusiyada asosan, gʻalla, paxta, dukkaklilar, shakarqamish, zaytun mevasi va zaytun moyi, sitrus mevalar (apelsin) hamda uzum yetishtiriladi. Qoʻy, qoramol (korrida oʻyinlari uchun buqa), yilqi boqiladi, baliq ovlanadi, dengizdan tuz olinadi.Yalpi mahsulot qiymatining 1/5 qismi sanoatga toʻgʻri keladi. Andalusiyada poli-metall rudalari, temir ruda, toshkoʻmir konlari bor. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan tashqari rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan ke-masozlik), toʻqimachilik, kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. [[Malaga|Malaga shahri]] kurort rayonining markazi sifatida mashhur. Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlan-magan. Arablar 8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, oʻsha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka (Malaga) va boshqa], soʻngra karfagenliklarning manzilgohlari boʻlgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi oʻrnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) – Xaen, Kurtuba, Sevilya, Gʻarnataga boʻlingan. 13-asrda rekonkista jarayonida A. arablardan tortib olingan (Gʻarnatadan tashqari). 1492-yil Gʻarnata egallanishi bilan Andalusiya toʻla-toʻkis Kastiliya va Aragon qirolligiga qoʻshib olingan. A.ning keyingi tarixi Ispaniya tarixi bilan uygʻunlashib ketgan. Granada, Kordova, Malaga, Sevilya shaharlarida Rim davri, arab madaniyati va Uygʻonish davrining tarixiy yodgorliklari saqlangan.U yerda solibiylar musulmon xalqlarni bitta qo'ymay qirib tashlashgan bosib olishganida. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
1

ta tahrir