Tarobulus al-Gʻarb: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sahib1609 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: Tuzatishlar
Qator 4:
T. — mamlakatning eng yirik shaxri, savdosanoat va moliya markazi. Yirik dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. T.da mamlakat sanoat korxonalarining 3/4 qismi joylashgan. Toʻqimachilik, koʻnteri, neftni kayta ishlash, oziq-ovqat (un tortish, baliq konservalash, tamaki, yogʻmoy) sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, kiyim, poyabzal, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Universitet, tabiat tarixi va arxeologiya muzeylari, teatr bor. T.da har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.
 
Qadimda T. oʻrnida finikiyaliklarning koloniyasi Ea sh. boʻlgan. Ularning Ea, Sabrata va LeptisMagna koloniyalari "Tripolis" (yun. "Uch shahar") deb atalgan. Keyinchalik Ea shu nom bilan atala boshlagan. Mil. av. 105 yildan Rim, mil. 5-asrda vandallar, 6—7-asrlarda Vizantiya qoʻl ostida boʻlgan. 643 yildan arablarga oʻtgan. 1551 — 1911 -yillarda Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1911 -yilda Italiya qoʻshinlari bosib olgan. 1943 -yilda shaharni inglizlar egallagan. 1951 -yil dekabrda Liviya mustaqillikka erishgach, T. uning poytaxti.
 
Meʼmoriy yodgorliklardan Mark Avreliy zafar arki (164 y.), qalʼa (16-asr), qirol saroyi, masjidlar saqlangan.
Qator 11:
{{Tashqi havolalar}}
{{Afrika poytaxtlari}}
 
 
{{Africa-geo-stub}}