Temir davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: Tuzatishlar
Qator 7:
Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari vujudga kelgan.
 
1960—70y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari oʻrganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6— 4-asrlarga oid uyjoy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda Temir davriga oid Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973 -yilda Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.
 
Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi, Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida oʻrganilgan. 80—90 yillardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7—6-asrlarga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, B. Matboboyev va boshqalarning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi.