Temur Malik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 37.110.214.78 tahrirlari Nataev versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: Tuzatishlar
Qator 1:
'''Temur Malik''' ([[XII asr|12-asr]] oxiri [[XIII asr|13-asr]]ning 1yarmi) — [[xorazmshoh]] [[Muhammad Xorazmshoh|Muhammad]] hukmronligi davrida [[Xoʻjand]] [[hokim]]i, [[Jaloliddin Manguberdi]]ning yaqin safdoshi, [[moʻgʻullar istilosi]]ga qarshi kurash olib borgan [[sarkarda]], xalq qaxramoni, [[1219]] yilning [[dekabr|dek.]]da 3 [[kun]]lik [[jang]]dan keyin [[Banokat]]nn egallagan Aloq [[noʻyon]] boshliq 5 ming kishilik [[moʻgʻullar davlati|moʻgʻul]] [[qoʻshin]]i Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. T.M. ilgariroq har ehtimolga qarshi [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]] oʻrtasidagi [[orol]]da, [[suv]] 2 [[shox]]ga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam [[qalʼa]] qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurolaslaha jihatdan ustun boʻlgani bois [[shahar]]ni [[mudofaa]] qilish qiyinlashadi. Natijada, T.M. 1000 kishilik otryadi bilan [[1220]] yilning [[aprel]]da orolga koʻchib oʻtadi va [[tezlik]]da qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman [[halqa]] qilib oʻrab oladi. [[Manjaniq]]aan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻgullar xoʻjandlik [[yosh]]lar va ilgari olingan [[asir]]lardan [[hashar]] [[tarz]]ida foydalanishga qaror qiladilar. taxminan 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib [[daryo]]ga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi. T.M. usti [[namat]] hamda [[sirka]]li [[loy]] bilan suvalgan, [[oʻq-yoy|oʻq]] otish uchun darichalari bor [[kema]]lar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, T.M. orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan [[askar]]lari va yuklari ortilgan 70 [[qayiq|qayik]]da Sirdaryoning quyi [[oqim]]i boʻylab suzib ketadi. [[Barchinligʻkend|Barchinligʻkent]] ([[Qiziloʻrda]]dan taxminan 50 km [[janub|jan.]]da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. T.M. [[qirgʻoq]]qa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi [[Qizilqum|Kizilqum]] [[choʻl]]i orqali 1220 -yilning [[yoz]]ida [[Xorazm]]ga yetib keladi. Askar toʻplab [[Joʻjixon]] qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba ([[Yangikent]]) shahrini moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, [[saltanat]]da yuzaga kelgan mushkul [[siyosat|siyosiy]] vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. T.M. [[1221]]—[[1232|32]] yillar davomida [[Sulton]] Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. Maʼlum vaqtdan soʻng T.M. moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi.
 
T.M. jasorati haqida [[Mirmuhsin]] "Temur Malik" [[roman]]i (1986)ni yozgan. [[Muxtor Ashrafiy|Ashrafiy]] "Temur Malik" [[nom]]li [[simfonik musiqa|simfonik]] [[poema (musiqa)|poema]] (1963) yaratgan va [[Navoiy teatri]]yaa uning "Temur Malik" [[balet]]i (1970) qoʻyilgan. [[Toshkent]] shahridagi shoh koʻchalarning biriga T.M. nomi berilgan.
Qator 8:
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Kishilar]]
[[Turkum:Tarixiy shaxslar]]
[[Turkum:Tojikiston tarixi]]
 
 
{{stub}}