Urganch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
Qator 46:
|pochta indeksi =
|pochta indekslari =
|avtomobil kodi = 22 (1998—2008 -yillardagi eski obraz)<br />90 - 94 (01.10.2008 -yildan boshlab yangi obraz)<ref>{{Web manbasi
|url = http://www.goldenpages.uz/avto/
|title = Oʻzbekistonning yangi avtomobil raqamlari
Qator 65:
}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Urganch''' (1929 -yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining [[Xorazm viloyati|Xorazm viloyatidagi]]dagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. [[Amudaryo]]ning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 200 ming kishi (2020).
 
== Tarixi ==
Urganch shahri bundan 360 yil oldin hozirgi oʻrniga kelib joylashgan. Shahar oldin [[Turkmaniston]] hududida joylashgan boʻlib u qariyb 3000 -yillik tarixga ega. [[Xiva]] xoni [[Abulgʻozi Bahodirxon]] 360 yil oldin [[Amudaryo]] oʻzanini [[Kaspiy dengizi]]ga oʻzgartirib shahar aholisi suvsizlikdan qiynalgani uchun Urganchni Amudaryoning oʻng qirgʻoqiga koʻchirihga amr etgan. Shaharga 1646 -yilda [[Xiva xoni]] [[Abulgʻoziy Bahodirxon]] tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib [[Orol dengizi]] tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga "Toza Urganch", yaʼni "Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170&nbsp;km.
 
Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri [[Buyuk ipak yoʻli]]da joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli [[Anushaxon]] (Anushashoh) davrida (1664—89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.
 
Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4–5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 y.-yil avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida: "Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan", deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 -yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida "Xayriya jamiyati", RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931 -yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935 -yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952 -yilda Chorjoʻy-Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959 -yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 -yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.
 
Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. "Avesto" kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha "Gurganj" nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin "Jurjoniya" deb ataldi. 1221 y.-yil moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urgant shaklida tilga olinadi.
 
Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy gʻarbiy qismida "Navroʻz", "Taraqqiyot", "Universitet" shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30&nbsp;km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.
Qator 80:
Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari zavodi, "Urganchyogʻ" zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Oʻzbekistan—Turkiya "Nurtop" qoʻshma korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi.
 
Urganchda, Toshkent birinchi tibbiyot institutining filiali, 36 umumiy taʼlim, 3 musiqa, 2 kasbhunar maktablari, 8 kasbhunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, "Olimpiya" sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992—2003 -yillarda "Buyuk allomalar xiyoboni", "Al Xorazmiy", "Al Beruniy", "Amir Temur", "Mirzo Ulugʻbek", "Abulgʻoziy Bahodirxon", "Ogahiy", "Komiljon Otaniyozov", "Avaz Oʻtar oʻgʻli", "Xumo qushi", "Jaloliddin Manguberdi", "Avesto" yodgorlik majmualari bunyod etildi.
 
1999 -yilda shaharda [[Jaloliddin Manguberdi]]ning 800 yilligi, 2001 -yilda "Avesto" kitobi yaratilganligining 2700 -yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003 -yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda "Umid nihollari" respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimgi Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga "Oʻzbekturizm" kompaniyasining boʻlimi, "Jayhun", "Xorazm Palas", "Avesto" mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi.
 
Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, "Xorazm haqiqati", "Urganch oqshomi", "Yoshlar ovozi", "Tujjor" va boshqalar) nashr etiladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan.