Roman tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
Qator 7:
Roman tillari Rim imperiyasi tarkibiga kirgan hududlardagi xalqona lotin tilining davomi va tadrijiy rivoji hisoblanadi. Roman tillari rivojida 4 bosqich farqdanadi: 1) mil. av. 3-asr mil. 5-asr — romanlashuv davri — mahalliy tillarning xalqona lotin tili bilan almashinishi. Boʻlajak Roman tillari oʻrtasidagi tafovutlar shu davrdayoq namoyon boʻla boshlaydi; 2) 5—9-asrlar — Roman tillarining Rim imperiyasi parchalanishi va varvar davlatlarining tashkil topishi sharoitidagi shakllanish davri. Roman tillariga superstrat unsurlar (yaʼni bosqinchi germanlar, vestgotlar, franklar, burgundlar, lombardlar va boshqalar)ning kuchli taʼsiri bilan ajralib turadi. Roman tillarining lotin tilidan va bir-biridan aniq farqli jihatlari kuchaya boradi; 3) 10—16-asrlar — Roman tillarida yozuvning rivojlanishi, ijtimoiy vazifalarining kengayish davri. Dastlabki matnlar fransuz tilida 9-asrda, italyan va ispan tillarida 10-asrda, provansal, katalan, sard tillarida 11-asrda, portugal va galisi tillarida 12-asrda, retoroman tilida 14-asrda, rumin tilida 16-asrda paydo boʻladi. Lahjalardan yuqori turuvchi adabiy tillar shakllanadi; 4) 16—19-asrlar — milliy tillarning shakllanishi, meʼyorlashuvi, boyib borishi davri. Roman tillari rivojlanishi notekis boʻlgan: baʼzi tillar ancha erta milliy tilga aylanib, hatto keyinroq xalqaro til vazifasini ham bajargan boʻlsa (fransuz va ispan tillari), baʼzilari Oʻrta asrlarda muhim ahamiyatga ega boʻlib, keyinroq oʻz mavqelarini yoʻqotgan va 19—20-asrlarda qaytadan adabiy til maqomiga ega boʻlmoqda (provansal, katalan va boshqa tillar). Yevropadan tashqaridagi boshqa hududlarda Roman tillarining mahalliy variantlari (Mas, Kanadada fransuz tilining , Braziliyada portugal tilining , Markaziy va Jan. Amerikada ispan tilining variantlari) paydo boʻldi.
 
Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillitsa asosida shakllangan. 1860 -yildan keyin rumin tili, 1989 -yildan moldavan tili lotin alifbosiga oʻtgan. Lotin tilida boʻlmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan.
 
Abduvahob Madvaliyev, Isroil Poʻlatov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 15:
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{Tashqi havolalar}}
 
 
{{stub}}
{{Tashqi havolalar}}