Sobir Rahmetov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎Manbalar: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: Tuzatishlar
Qator 1:
'''Sobir Gʻafurovich Rahmetov''' (1952.19.12, Chimkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (2003), Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1973) va Sankt Peterburgdagi Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti (1979) ni tugatgan. 1979 -yildan Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat instituti rangtasvir kafedrasida pedagog , 2003 -yildan dotsent. R. ijodida yorqin boʻyoqlarni keng qoʻllaydi; asar qahramonlari, manzaralar harakat jarayonida koʻtarinki ruhda aniq va nozik tasvirlanadi; ayniqsa, manzara inson maʼnaviyati, uning ziddiyatlarga toʻla qalb kechinmalarini taʼsirchan ifodalashning oʻziga xos vositasiga aylanadi. "Shoir Gʻafur Gʻulom" (1986), "Haykaltarosh Azamat" (1987), "Bastakor Yunus Rajabiy" (1996), "Sulton Ahmad Mirzo" (2000), "Avtoportret" kabi portretlar, "Layli va Majnun" (1998), "Boysun" (1999), "Alpomish" (2002), "Xumson " (2002) va boshqa tarixiy va mavzuli kompozitsiyalar muallifi.
 
Rahmetov respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi, asarlari respublika va Angliya, AQSH, Yaponiya, Turkiya, Germaniya kabi xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.