Taqvim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
uh
Qator 1:
{{info_calendar}}
 
'''Taqvim''' - [[yil]], [[oy (vaqt birligi)|oy]] va [[hafta|h]]<nowiki/>bki [[kun]]lari,roq asosiy("yangi [[bayram]]laroy") haqidagishaklida axborotlardankoʻrinadi. iboratOy K.ida 12 oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, yaʼni 29 kun 12 soat 44 min. 3 sek. boʻlgani uchun ba`zanbir astronomikyil ma`lumotlartaxminan ham354 beriladigankunga bosmateng nashrboʻladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kalendar''' ([[lotin tili|lot.]] calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. [[Quyosh]], [[Oy (tabiiy yoʻldosh)|Oy]], [[sayyora]]larning koʻrinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, [[Oy fazalari]] va [[yil fasllari]]ning davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi. K.ning paydo boʻlishi odamning xoʻjalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bogʻliq. Odamlar Quyoshning chiqib botishini kuzatib — kun, Oy [[oʻroq|oʻrogʻi]]ning avval kattalashib, soʻng kichrayishiga qarab — oy, yil fasllarining davomida Quyoshning [[ufq]]dan qanchalik koʻtarilishini kuzatib yil [[tushuncha]]lariga kelishgan. Asta-sekin [[vaqt]]ni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan [[soat (oʻlchov birligi)|soat]], [[minut]] [[oʻlchov birligi|birlik]]lari, mifologik anʼanalar asosida hafta tushunchasi kiritilgan. Vaqt hisobini toʻgʻri yuritish uchun dastlabki [[rasadxona]]lar qurilgan, [[quyosh soati]] oʻylab topilgan.
 
K. hisobining asosiy birligi — ysh. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga boʻlingan. Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa — mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi bilan bogʻliq. Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga boʻlishni murakkablashtiradi. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh K.i (shamsiy taqvim), oy K.i (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh K.i (shamsiyqamariy taqvim) ishlab chiqilgan.
 
[[Quyosh kalendari|Quyosh k al ye n d ar i]] ning asosiy birligi — [[tropik yil]]. Uning uzunligi ketmaket ikki bahorgi tengkunlik oraligʻidan iborat boʻlib, 365,2422 kun, yaʼni 365 kun 5 soat 48 min. 46 [[soniya|sek.]]ga teng . Dastlabki [[shamsiya|shamsiy K.]]dan foydalangan [[qadimgi Misr|kad. misrliklar]] bir yilni 365 kun deb olishgan. Bir yil 30 kunlik 12 oyga boʻlingan va yil oxirida qoʻshimcha 5 kun qoʻshilgan. [[Qadimgi Rim|Qad. Rim]]da ham bir yilni 365 kun deb olingan, lekin yilning oylarga boʻlinishi yana ham murakkabroq boʻlgan. Bundan tashqari qad. Misr va Rim K.larida yil uzunligi tropik yildan taxminan 6 soatiga qisqa boʻlgani uchun bahorgi teng kunlik har 4 yilda 1 kunga surilgan va bu ham chalkashliklarga sabab boʻlgan. Ularni bartaraf etish uchun Rim konsuli [[Yuliy Sezar]] [[mil. av. 46]]-yilda [[yunonlar|yunon]] astronomi Sozigen taklifiga muvofiq K. islohotini oʻtkazadi: har 4 yildan biri 366 kunlik ([[kabisa yili|kabisa]]) deb qabul qilinadi. Bu K. [[Yuliy kalendari]] deb yuritiladi. Yuliy K.ida bir yil 12 oyga boʻlinib toq oylar 31 kun, juft oylar 30 kun, faqat fevral oyi 28 kun (kabisa yili 29 kun). [[Dunyo]]ning koʻp mamlakatlarida hozirgacha oylarning Yuliy K.dagi nomlari qoʻllanadi.
 
Yuliy K.da bir yil tropik yildan 11 min. 14 sek. ortiq boʻlgani uchun bu farq har 400 yilda taxminan 3 kunni tashkil qiladi. Bu farq yigʻilib 16-asrda 10 kunga yetgan, natijada [[bahor]]gi teng kunlik 11 mart ga toʻgʻri kelib qolgan. Bu nomutanosiblik [[xristian dini|xristianlarning diniy]] bayramlarini belgilashda chalkashlik keltirib chiqarar edi. Shuning uchun Yuliy K.dagi xatolikni tuzatish uchun [[Rim papasi]] Grigoriy XIII [[1582]] y. 24 fevral
 
da [[italiya]]lik [[vrach]] va matematik Luidji Lullio [[loyiha]]si boʻyicha K. islohotini oʻtkazadi: 1) 1582-yil 4 okt.dan keyingi kun 15 okt. deb olinadi va bahorgi teng kunlik 21 martga qaytariladi; 2) toʻrtga boʻlinadigan yillar Yuliy K.dagi kabi 366 kun deb olinadi; 3) har 400 yilda 3 kun chiqarib tashlanadi — 400 ga boʻlinmaydigan yillar 365 kunlik (yaʼni oddiy) yil deb eʼlon qilinadi. U [[Grigoriy kalendari]] deb yuritila boshladi. [[Sana]]larni Grigoriy K.iga muvofiq hisoblash yangi uslub deb ataldi. Sanalarni avvalgidek Yuliy K.i asosida hisoblashda davom etish esa eski uslub nomini olgan. Grigoriy K.i 16-asrdan boshlab asta-sekin dunyoning koʻpchilik mamlakatlariga tarqaldi. Oʻzbekistonda ham u 1918-yil 14 fevraldan qoʻllab kelinadi.
 
Yil uzunligi va oy-kunlarga boʻlinish K.ga muvofiq yuritilsa, yillar hisobi alohida kelishuv bilan belgilanishi lozim. Qachon birinchi yil deb olinishi bilan bu masala hal boʻladi va istalgan sanani hisoblash imkoni tugʻiladi. Bunday kelishuv K. bilan birga xronologiya deb ataladi. Grigoriy K.i qabul qilingan mamlakatlarning koʻpchiligida xronologiya Iso Masihning tugʻilgan kunidan boshlanadi, yaʼni Iso (as) tugʻilgan kun 1-yilning 1 yanvari deb qabul qilingan. Tarixning mana shu sanasigacha davri eski era (miloddan avval), keyingi davri esa yangi era (milodiy) deb ham ataladi.
 
Oy kalendarida asosiy birlik vazifasini sinodik oy oʻtaydi. Oy Yer atrofida aylanishi davomida Quyoshning toʻgʻrisiga kelishi oy boshi deyiladi.Bu vaqtda Oy koʻzga koʻrinmaydi, 1—2 kundan keyin u gʻarbda kechqurun oʻtkir oʻroq ("yangi oy") shaklida koʻrinadi. Oy K.ida 12 oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, yaʼni 29 kun 12 soat 44 min. 3 sek. boʻlgani uchun bir yil taxminan 354 kunga teng boʻladi.
 
Hozir Oy K.i arab mamlakatlarida amal qiladi. 20-asrgacha u asosiy aholisi musulmon boʻlgan mamlakatlar, jumladan, bizning yurtimizda ham qoʻllangan va hijriy (aniqrogʻi hijriy-qamariy) taqvim deb atalgan. Hijriy taqvimda xronologiya paygʻambar Muhammad (as)ning Makkadan Madinaga koʻchib borgan (arabcha hijrat) kunidan boshlanadi. Bu sana Yuliy K.ida 622 yil 16 iyul juma kuniga toʻgʻri kelishi aniqlangan. Hijriy taqvimda 12 oydan toqlari 30, juftlari esa 29 kun. Bunda bir yil 354 kun boʻlib, 12 sinodik oydan qisqa boʻlgani uchun har oʻttiz yildan 11 tasi kabisa deb olinadi. Kabisa yilning soʻnggi oʻn ikkinchi oyi (zulhijja) 30 kun boʻladi. Hijriy taqvimda oʻttiz yillik davrlar (1-yildan 30-yilgacha, 31-yildan 60-yilgacha va h.k.) qoʻllanadi. Har oʻttiz yillik davrning 2, 5, 7, 10, 12, 15, 17, 19, 21, 24, 27 va 29 yillari kabisadir. Mac, hijriy 1426-yil kabisamiyoʻqmi ekanligini aniqlash uchun undan 30 ga karrali qismi chegirib tashlanadi: 1426 — 30x47=1426 — 1410=14, demak, bu yil oddiy ekan, 1427-yilda esa qoldiq 15 chiqadi va kabisa boʻlishini koʻrsatadi.