Podshohxon oyim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
'''Podshohxon oyim''' — [[Qoʻqon xonligi]] va [[Buxoro amirligi]] malikasi. Fargʻona beklaridan [[Mahmudbek]]ning qizi edi. Manbalarda juda husnli juvon boʻlganligi taʼkidlanadi.
 
Podshohxon oyim avvaldan Qoʻqon xonligi hukmdori [[Umarxon]]ning (1809—1822) kanizagi boʻlaganboʻlgan. Xonning oʻlimidan soʻng taxtga koʻtarilgan [[Muhammad Alixon]] (1822—1841) Podshohxon oyimga, yaʼni oʻzining oʻgay onasiga uylangan va undan farzand koʻrgan{{sfn|Бабаджанов|2010|p=174}}. Manbalarga koʻra, Muhammad Alixon bu ayolni otasi tirikligida yaxshi koʻrib qolgan{{sfn|Rajabov|2011|p=21}}.
 
Qoʻqon ulamolari Muhammad Alixonning bunday kufrona ishlaridan gʻazablanib va raʼiyatga (fuqarolarga) qilayotgan jabr-zulmidan sabr kosalari toʻlib<ref group="sharh">Muhammad Alixon 1841-yil Shohista ismli balogʻatga yetmagan qizni zoʻrlagani hodisasi Qoʻqonliklarning sabr kosasini toʻldirib yuborgan</ref>{{sfn|Bobobekov|1996|p=47}}, Buxoro amirligi hukmdori ([[amir ul-umaro]]) [[Amir Nasrulloh]]ga (1827—1860) islom dinining Turkistondagi himoyachisi sifatida murojaat qilishgan va 1842-yil amir Qoʻqon ustiga harbiy yurish qilib uni ishgʻol etgan. Soʻng Podshohxon oyimni oʻz nikohiga olgan{{sfn|Rajabov|2011|p=21}}.