Idiosinkraziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Idiosinkraziya''' (yun. idios - oʻziga xos va synkrasis — aralashuv) — odam organizmining baʼzi ovqatlarga (sut, qulupnay, tuxum va b.) va dori moddalarga (penitsillin, sulfanilamid preparatlar, piramidon, xinin, yod, brom va b.) ortiq darajada sezuvchanlik holati. I. allergik holatlardan biri (qarang [[Allergiya]]). I.ning rivojlani-shida irsiy moyillik katta rol oʻynaydi. U shilliq pardalarning qizarishi, eshakem toshishi va burun, badan qichishib achishishi, t-ratemperatura koʻtarilishi bilan namoyon boʻladi. Ogʻirroq hollarda nafas qisishi, astmaga oʻxshash hurujlar, qusish, ich ketishi mumkin. Betoblik holati bir lahzada yoki bir necha kundan keyin oʻtib ketadi. I.ning rivojlanish mexanizmi allergik re-aksiyadanreaksiyadan farq qilib, bunda antitelo va sensibillashgan hujayralar paydo boʻlmaydi (qarang [[Sensibilizatsiya]]); kishi oʻta sezuvchan boʻlgan modda organizmga kirishi bilan unga javob reaksiyasi vujudga keladi. I. paydo boʻlganda uni keltirib chiqargan ovqat yoki dorilarni tark etib, vrachga murojaat qilish kerak.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwikistub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->