Mustaqillik ordeni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
|TaqdirlashAsosi = mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.
|Holati = topshiriladi
|Koʻrsatkichlari =
|TaʼsisSanasi = [[1994-yil]] [[5-may]]
|BirinchiTaqdirlash =1996-yil
Qator 21:
|Mos keladi =
}}
'''"Mustaqillik" ordeni''' - — [[Oʻzbekiston Respublikasi]]ning [[Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari|davlat mukofotlaridan biri]]. Bu orden bilan Oʻzbekiston fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. [[1994-yil]] [[5-may]]dagi [[Oʻzbekiston Respublikasi]] qonuni bilan taʼsis etilgan.<ref>{{Web manbasi|url=http://lex.uz/ru/docs/107579|title=Mustaqillik ordeni|publisher=[[LexUz]]}}</ref>
== Tavsifi ==
Orden 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali [[kumush]]dan tayyorlanib, ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali [[musamman]] koʻrinishida. Ordenning markazida [[mustaqillik]] ramzi boʻlgan [[Humo]] qushi kumush rangda tasvirlangan. "Mustaqillik"„Mustaqillik“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Nizomi ==
„Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlash [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]], [[Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi]]ning Raisi, [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi]]ning Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Mustaqillik“ ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida [[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]] yoki uning nomidan [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi]] Spikeri, [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati]] Raisi, [[Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri]] topshiradi. „Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar [[bazaviy hisoblash miqdori]]ning yetmish besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. „Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Mustaqillik“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. „Mustaqillik“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
 
== Taqdirlanganlar ==
{{see also|Turkum:Mustaqillik ordeni sohiblari}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{award-stub}}
 
{{OʻzME}}
{{Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va unvonlari}}
 
 
{{award-stub}}